Komfort zonada bo’lish yomonmi?
Jismoniy va aqliy faoliyatlarimiz yoki xatti-harakatlarimiz komfort zona ichida yoki tashqarisida amalga oshayotgan bo’ladi. Agar anashu harakatlar sizga ham jismoniy, ham aqliy qiyinchilik tug’dirmasa - bu komfort zona ichidagi jarayon hisoblanadi. Agar aksincha, sizga ham jismoniy, ham aqliy diskomfort bersa, ya’ni qiyinchilikdek tuyulsa, qo’rquv bersa - bu komfort zona tashqarisidagi jarayon hisoblanadi. Ya’ni anashu nuqtada siz komfort zonangizdan tashqariga chiqishingizga to’g’ri keladi. Aslida bu judayam subyektiv holat bo’lib, hamma uchun har xil. Men uchun har kuni 5km yugurish qiyinchilik tug’dirmaydi va o’zimni komfort his qilishim mumkin, siz uchun esa 1km yugurish ham diskomfort bo’lishi mumkin. Lekin har kuni 1kmdan yugurish hozirgi sog’lig’ingizni yaxshi tarafga o’zgartiradigan bo’lsa, sog’lom ovqatlanishga majbur qiladigan bo’lsa, siz uchun komfort zonada uzoq vaqt qolib ketish yomon oqibatlar olib kelishi mumkin. Agar hozirgi holatingizda komfort zona ichida uzoq vaqt qolib ketish sizga hech qanday ziyon olib kelmasa, demak u darajada ko’p qayg’urmasangiz ham bo’ladi. Lekin insonmiz va rivojlanishdan to’xtamasligimiz, doimiy progressda bo’lishimiz bizga faqat foyda berishini unutmasligimiz kerak.
Demak, komfort zonada bo’lish siz uchun yomonmi yoki?
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #416
945

- 👍 15
- ❤ 7