TGViewer
Channel Public Channel
Yashil Maktab

Yashil Maktab

@yashilmaktab_uz

249-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabning Eko-qo‘mitasi rasmiy sahifasi.
🍀Yangilikka-ilk qadam
🍀Yaxshilikka-bir qadam
Subscribers
116
Photos
31
Videos
14
Links
27
Recent Posts 8 shown
Post #66 43

Forwarded from UNICEF Uzbekistan

@YoungClimateChampionsUzbekistan tomonidan “Toza o‘yinlar” aksiyasi O‘zbekistonning barcha 14 hududida bir vaqtning o‘zida o‘tkazildi. Bu yilgi ikkinchi yirik tadbir ham muvaffaqiyatli yakunlandi!

✨ “Toza o‘yinlar” — plogging, ya’ni atrof-muhitni tozalashni musobaqa shaklida tashkil etishga asoslangan ekologik tashabbus. Ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, imkon qadar ko‘proq chiqindi yig‘ish, uni to‘g‘ri saralash va eng yaxshi natija uchun bellashdilar.

🙌 Tadbirda 850 nafardan ortiq eko-faol va ko‘ngilli ishtirok etib, mamlakat bo‘ylab 8 tonnadan ziyod chiqindi yig‘ildi. Ishtirokchilar plastik, metall, shisha va maishiy chiqindilarni alohida saralab, qayta ishlash mumkin bo‘lgan chiqindilarni tegishli yo‘nalishga yubordilar.

🔋 Shuningdek, yoshlar tomonidan 900 dan ortiq ishlatilgan batareya yig‘ildi. Ular xavfsiz utilizatsiya qilish uchun batareykalar.uzga topshirildi.

💚 Ammo “Toza o‘yinlar” — bu shunchaki hududlarni chiqindilardan tozalash emas. Bu — hamjihatlik, yangi do‘stliklar va ijobiy kayfiyat uchun ham ajoyib imkoniyat!
Tozalash ishlaridan so‘ng ishtirokchilar birgalikda piknik uyushtirib, turli o‘yinlarda qatnashdilar va yangi do‘stlar orttirdilar. Kun esa eng yaxshi uchta jamoani taqdirlash marosimi bilan yakunlandi 🏆

👏 Ushbu tadbir @ecogovuz hamda @uva_uz ko‘magida amalga oshirildi.

Birgalikda yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz, ularning ovozini kuchaytiramiz va yanada toza, yashil va barqaror kelajakni birgalikda barpo etamiz! 🌱💚

____


🌍♻️ Чистые Игры по всему Узбекистану!
Cообщество

@YoungClimateChampionsUzbekistan провело Чистые Игры одновременно во всех 14 регионах Узбекистана — уже во второй раз в этом году!

✨ Чистые Игры — это соревнование по плоггингу: команды собирают как можно больше мусора, правильно его сортируют и соревнуются за призовые места.

🙌 Более 850 эко-волонтёров приняли участие и собрали свыше 8 тонн отходов по всей стране. Команды сортировали пластик, металл, стекло и общий мусор, отправляя всё возможное на переработку.

🔋 Молодые люди также собрали более 900 использованных батареек, которые были переданы batareykalar.uz для безопасной утилизации.

Но Чистые Игры — это не только уборка мусора, но и общение! После работы участники устроили пикники, играли и заводили новых друзей. День завершился церемонией награждения трёх лучших команд 🏆.

👏 Мероприятие стало возможным благодаря поддержке @ecogovuz и @uva_uz. Вместе мы усиливаем голоса молодёжи и строим более чистое и зелёное будущее!

@uzedu @ecoschools_uzbekistan
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 🎉 1
Post #65 293
💻▶️ video lavha 🔼🆕

🌱 “Yosh fermer” loyihasi ishtirokchilari uchun amaliy seminar!

☄️🏫 Toshkent shahri Olmazor tumani 249-maktabning “Yashil maktab” eko harakati faollari “Yosh fermer” loyihasi doirasida issiqxonalarni "kuz-qish mavsumiga tayyorlash" bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan gibrid formatdagi o‘quv seminarida ishtirok etdilar.

🖥 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan seminarda Toshkent shahridagi loyihaga a’zo maktablar "oflayn", hududlardagi maktablar esa "onlayn" formatda ishtirok etdi. Tadbir jami mingga yaqin o‘quvchi va pedagoglarni birlashtirdi. 🌿

👩‍🌾 Seminar davomida issiqxonalarda sabzavot ekinlarini samarali yetishtirish, ularni parvarishlash hamda kuz-qish mavsumida issiqxonani to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha muhim amaliy ma’lumotlar berildi.

🌱💚 Biz olgan har bir yangi bilim — maktabimiz issiqxonasini yanada rivojlantirish va “Yosh fermer” loyihasini samarali davom ettirish uchun muhim qadam!

🌍 “Yashil maktab” — bilim, tajriba va yashil kelajak sari!

📱 Maktabimizda barqaror ekologik madaniyatni shakllantiramiz va rivojlantiramiz!

📱 yashilmaktab_uz
📱 yashilmaktab_uz
📱 Maysara_va_Ecobot

#EcoSchoolUzbekistan #249maktab #YashilMaktab #EkoHarakat #EkologikMadaniyat #BarqarorKelajak #YashilSinf #YoshFermer #Seminar
  • ❤ 2
Post #64 216
💻▶️ video lavha 🔼🆕

🎬🌿 Yoshlar bilan "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish" mavzusida suhbatdan video lavhalar

🌱🏫 “Eco School Uzbekistan” xalqaro loyihasiga a’zo Toshkent shahri Olmazor tumani 249-maktabining “Yashil maktab” eko harakati faollari, Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Olmazor tumani bo‘limi boshlig’i Yusupov Shoxrux, boshqarma xodimi To’rayev Abbos, Beruniy MFY raisi, maktabimiz direktori hamda o'quvchilar ishtrokida "Maktabimizda yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish"ga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida mazmunli suhbatdan video lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin 🌍💚

🌱💚 Tabiatni asrash — barchamizning umumiy vazifamiz!
🌍 Yashil kelajak bugungi harakatimizdan boshlanadi!

📱 Maktabimizda barqaror ekologik madaniyatni shakllantiramiz va rivojlantiramiz!

📱 yashilmaktab_uz
📱 yashilmaktab_uz
📱 Maysara_va_Ecobot

#EcoSchoolUzbekistan #249maktab #YashilMaktab #EkoHarakat #EkologikMadaniyat #BarqarorKelajak #YashilSinf #YoshlarBilanSuhbat
  • 👍 2
Post #62 314

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 3
  • 👍 1
Post #59 82

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 3
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #58 300
💚 Siz ham biz kabi bu kunni his qiling! 🌿 Videoni tomosha qiling va “Xalqaro avtomobilsiz kun”dagi quvonchli lahzalarimizga guvoh bo‘ling! 🎥🚗❌

📱 Maktabimizda barqaror ekologik madaniyatni shakllantiramiz va rivojlantiramiz!

📱 yashilmaktab_uz
📱 yashilmaktab_uz
📱 Maysara_va_Ecobot

#EcoSchoolUzbekistan #249maktab #YashilMaktab #EkoHarakat #EkologikMadaniyat #BarqarorKelajak #YashilSinf #AvtomobilsizKun
  • ❤ 5
  • 👍 2
  • 💯 2
Post #52 67

Forwarded from Ycctashkent | Young Climate Champions (Tashkent)

🌿 CLEAN GAMES | TOSHKENT

Clean Games — chiqindilarni yig‘ish, jamoaviy o‘yinlar va yangi tanishuvlarni birlashtirgan ekologik tadbir.

📍 Toshkentdagi Young Climate Champions guruhi tashabbusi bilan Elbek bog‘ida Clean Games tashkil etdik. Tadbirimizni Yosh ekologlar harakati, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qo‘llab-quvvatladi. 💚

👥 100+ ishtirokchi
💚 20+ volontyor

🗑 Birgalikda yig‘dik:
• 35 qop aralash chiqindi — 280 kg
• 24 qop plastik — 120 kg
• 8 qop plastik butilkalar — 40 kg
• 3 qop keramika — 90 kg
•
500+ ishlatilgan batareykalar

♻️ JAMI — 530 kg chiqindi!

Ammo bu kun faqat chiqindi yig‘ish bilan cheklanib qolmadi. Biz birgalikda piknik qildik, o‘yinlar o‘ynadik, yangi insonlar bilan tanishdik, hikoyalarimizni bo‘lishdik va unutilmas kunni birga o‘tkazdik. ☀️🌱

Bir kun. Yuzlab qo‘llar. Yarim tonna chiqindi va ko‘p chiroyli xotiralar. 💚

https://t.me/yosh_ekologlarharakati
https://t.me/ycctashkent

#YCCtashkent #CleanGames #TozaOyinlar #Tashkent #YoshEkologlarHarakati
  • ❤ 4
  • 🔥 2
  • 🎉 2
Older posts →

About this channel

How can I read @yashilmaktab_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Yashil Maktab: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Yashil Maktab have?
Yashil Maktab (@yashilmaktab_uz) has 116 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Yashil Maktab know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →