TGViewer
Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati @yangiobod_press · 5.16K subscribers
Post #68011 252
🛑 Namanganda yashirin dori omborlari fosh etildi
 
⚠️ Aholi salomatligini muhofaza qilish va kontrafakt dori vositalari savdosiga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona hamda Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi, 2002, 1997 va 1987-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirgan holda, 5 ta xonadonda yashirin omborlar tashkil etib, tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan katta miqdordagi dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlandi.

Natijada, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan 287 turdagi, jami 46 865 dona, jumladan, “Erinit”, “Gemaza”, “Fenotropil” kabi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ularning dastlabki taxminiy qiymati 5,2 mlrd so‘mga teng.

Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarshunoslik ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 
🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook  🌐Instagram📹Youtube
  • 👍 81
More from @yangiobod_press
  1. Oct 17, 2026🇺🇿 Öz tilim — ona tilim! 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni! Ona tilimiz — milliy özlig…
  2. Oct 17, 2026Zarbdor tumanida ham 300 nafarga yaqin ishsiz yosh bilan muloqot o‘tkazildi Yoshlarni qo‘l…
  3. Oct 17, 2026🎥 Videoreportaj: Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi Xalq d…
  4. Oct 17, 2026ZARBDORDA "JASORAT SINFI” O‘QUVCHILARI QASAMOD QILDI Zarbdor tumanidagi 9-sonli umumta’lim…
  5. Oct 17, 2026YANGIOBOD TUMANI MARKAZI YANGI QIYOFA KASB ETMOQDA Yangiobod tumani markazida hududni obod…
  6. Oct 17, 2026Turkiya | Anqara, Istanbul | oktabr, 2026 — Турция | Анкара, Стамбул | октябрь, 2026
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →