🎥 Videoreportaj: Mahkumlar salomatligi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Inson salomatligini asrash va kasalliklarning oldini olish maqsadida 30-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman hamda Zafarobod tumani tibbiyot birlashmasi hamkorligida o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikka malakali mutaxassislar — nevrolog, jarroh, psixiatr va kardiologlar, shuningdek, ultratovush tekshiruvi hamda elektrokardiografiya mutaxassislari jalb etildi. Shifokorlar mahkumlarning salomatligini baholab, zarur tavsiyalar berdilar. Mahkumlar tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va ularning salomatligiga e’tibor qaratilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Post #67907
210
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal