TGViewer
Channel Public Channel
Yangi Marketing

Yangi Marketing

@yangimark

Biznes, marketing, start-up va O'zbekiston kelajagi haqidagi sahifa.
Subscribers
396
Photos
101
Videos
13
Links
28

Showing posts older than #37 · Back to latest

Older Posts 13 shown
Post #36 1.56K
Yil sarhisobi: O'zbekistonda moliya sohasidagi eng muhim voqealar

Yil sarhisobi rubrikasini davom ettiraman. Avvalroq 2023-yilda O'zbekistonda biznes hamda marketing va reklama sohasida ro'y bergan eng muhim voqealar haqida post yozgan edim, endi Tenge Bank boshqaruv raisi o'rinbosari Ulug'bek Tavakkalov o'zining moliya sohasida ro'y bergan Top-5 muhim voqealari bilan o'rtoqlashdi.

1. Elektron tijoratning sezilarli darajada o'sishi

Chakana savdo hajmi $15,187 mlnga yetdi, yil davomida o‘sish 8,8 foizni, elektron tijorat esa 74 foizga o‘sib, 543 million dollarga yetdi.Mobil ilovalar va veb-saytlar orqali xaridlar ulushi 2,2 foizdan 3,5 foizga oshdi.

2. FinTech va E-Commerce bozorlarida yangi o'yinchilar

Chakana savdoga yangi fintexlar kirishdi va faol ishtirok etishdi, ham elektron tijoratda, ham boʻlib-boʻlib to'lashni yoʻlga qoʻyishdi: Uzum, Wildberries, AliExpress.

3. Banklarning chakana kredit portfelining sezilarli o'sishi

Banklar uy xo'jaliklarini faol ravishda kreditlashda davom etdilar. Chakana kredit portfeli 42 foizga o'sdi va 143,4 trillion so'mni tashkil etdi, yuridik shaxslar portfeli esa atigi 10 foizni tashkil etdi. O'sishning asosiy omillari avtokreditlar (o'sish 84%) va mikrokreditlar (o'sish 58%) hisoblanadi.

4. Banklar va riteyllarming integratsiyasi davom etdi

Riteylda kredit brokerlari paydo bo'ldi, ular orqali banklardan mikrokreditlar beriladi. Bundan tashqari, ko'plab banklarning mobil ilovalaridagi bank kreditlari yangi trendga aylandi.

5. Katta ma'lumotlarning monetizatsiya tendentsiyalari paydo bo'ldi

Katta ma'lumotlarni monetizatsiya qilishda birinchi va asosiy o'yinchi Raqamli Hukumat (DG) bo'lib, endi u banklar va fintechlarga skoring va mijozlar uchun 100 dan ortiq foydali ma'lumotlarni sotadi. Katta ma'lumotlarni sotish tendentsiyalari aloqa operatorlari va to'lov tashkilotlari tomonidan jadal rivojlanmoqda.

💸 Bonus: 2024-yilda bizni nima kutmoqda

1. Davlat banklari ish haqi bo'yicha mijozlarni saqlab qolish uchun yanada kuchliroq kurashadi

Raqamli kanallar rivojlanishi va yanada qiziqarli sharoitlardagi mahsulotlar, ish haqi oluvchilarni o'zlarining asosiy banklaridan kartalar va kreditlarga qaytish haqida o'ylashga majbur qiladi.

2. Kichik va o'rta bizneslar raqamlasha boshlaydi

Va nihoyat, biznes mijozlari uch marta bosish orqali mikrokredit olishlari mumkin; ko'plab klassik mahsulotlar raqamli savdo kanallariga o'tadi.

3. Uy xo'jaliklari uchun ko'proq e'tibor va ko'proq takliflar

Keshbeklar ochkolarga aylanadi. Aksiyalar, chegirmalar va bonuslar har doim to'lovchi mijozlarga yo'naltiriladi. Banklar o'z mijozlarini endi chegirma yoki bo'lib-bo'lib to'lash rejasi bilan sinab ko'rishni taklif qiluvchi SMSlar bilan tobora ko'proq bezovta qilmoqda. Odamlar o'zlarining shaxsiy ma'lumotlarini baham ko'rishda ehtiyotkor bo'lishadi va ularning yaxshi kredit tarixi haqida tobora ko'proq qayg'ura boshlashadi.
—
🥷 @yangimark
  • 🔥 4
Post #35 897
Yil sarhisobi: O'zbekistonda marketing sohasidagi eng muhim voqealar

Yil sarhisobi rubrikasini davom ettiraman. Avvalroq 2023-yilda O'zbekistonda biznes sohasida ro'y bergan eng muhim voqealar haqida post yozgan edim, bugun esa eng yaxshi digital-agentlik ijrochi direktori va Огонь! telegram kanali muallifi Denis Roman marketing va reklama sohasidagi voqealar sarhisobi bilan bo'lishdi:

"Mening yodimda qolgan bir nechta voqea va o'zgarishlarni ayta olaman:

1. Mahalliy brend va agentliklarnin xalqaro festivallarda ishtirok etishi va ketma-ket g'olibliklari

2023-yilda O'zbekiston 🇺🇿 birinchi marotaba Kann festivalida ko'pchilik bo'lib ishtirok etdi: 5 ta agentlik (21 ta keyslar bilan) Cannes Lions konkursida va 3 ta kreativ juftliklar yosh ijodkorlar Young Lions konkursida. Lokals'dan Said va Stanislav Digital kategoriyasi bo'yicha eng yosh sherlar short-listiga kiritildi.

Sintez, Abstract Visuals, Lokals, Novda, Ma'no Branding, FCB Artgroup, Nexus, Rocket, Taboo Branding va bizning agentlik We Digital bir nechta o'nlab yutuqlarni yurtimizga olib kelishdi. Markaziy Osiyodagi Red Jolbors festivalida Ishonch yil brendi deb tan olindi. Anastasiya Li, DBLA ham-asoschisi va prodyuseri, "Osiyodagi Kann" festivali Spikes Asia 2024'ga hakam bo'ldi.

Bu misollar, O'zbekistonning kreativ sohasi dunyo darajasiga chiqayotganini bildiradi.

2. Xorijiy ekspertlarning kelishi bozorda yangi standartlarni joriy qildi

Turli biznes toifalarida raqobat kuchaydi. Kompaniyalar marketingga ko'proq sarmoya kirita boshladilar. Media byudjeti o'sdi.

Mahalliy reklamalar sifatli bo'lishni boshladi.

Mahalliy fikr yetakchilari bilan yanada ajoyib brendlangan kontent yaratildi. Masalan, "Odamlar nima deydi?" bilan Adrenalin Rush yoki SAVR bilan "Jonga tegdi".

Boshqa tomondan, iste'molchi yanada talabchan bo'lib qoldi.

Endi biz onlayn xarid qilish va eshikgacha yetkazib berish nima ekanligini bilamiz. Ko‘pchilik Toshkentda oziq-ovqat yetkazib berish uchun 45 daqiqa uzoq vaqt ekanligiga ishonch hosil qiladi. Va shuningdek, kuryer sizning manzilingizgacha hech qanday qo'ng'iroqlarsiz. Yangi standartlarga javob bermagan brendlar auditoriya yo'qtishda davom etadi.

3. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar auditoriyasi soni oshdi

Telegram'ning O'zbekistondagi foydalanuvchilari soni 30 mlndan oshdi, Meta'da esa 10 mlndan ortiq foydalanuvchilar.

4. Reels fenomeni, mobilograflar soni va kontent-meykerlar soni oshdi

2023-yil boshida ko‘pchilik Instagram’da tanish bo‘lgan har bir ikkinchi odam hozirda vertikal video formatida turli mavzular bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashuvchi blogger yoki ekspert ekanligini bilib hayron bo‘ldi.

To‘ylarda qo'lida ayfonni teskari ushlab olgan operatorning video olishi hozirda oddiy holatga aylangan.

Kichik va o'rta biznes mobil videokontent uchun pul sarflashni boshladi. Masalan, bu bola beshbarmoqni reklama qilmoqda va yuz minglab odamlar uni ko'rmoqda. Va bunday misollar juda ko'p.

5. Neyrotarmoqlarning shovqini

2023-yilda neyron tarmoqlar tomonidan toʻliq yaratilgan videolar yoki mavjud boʻlmagan boshlovchilar bilan tayyorlangan audiolar ham odamni hayratda qoldiradi.

Yil so'ngida O'zbekistonda ChatGPT mamlakat hududia ishlatish uchun ochildi. Hozirda men bilgan ko'pgina kompaniyalar neyrotarmoqlarni va sun'iy intellektlari ish jarayonlariga yoki maxsulotlariga joriy qilishmoqda."
—
🥷 @yangimark
  • 👍 6
  • 🔥 2
Post #32 810
Coca Cola'dan ajoyib yurish - bu shunchaki bekatni brendlash emas emas, balki mashxur uchta yangi yil yuk mashinalarini yaratishdir. Ajoyib marketing - qachonki sen, sendan kutishganidan ko'proq qilishing.
—
🥷 @yangimark
  • ⚡ 11
  • 🔥 4
  • 👎 3
  • ❤ 2
  • 👀 1
Post #31 754
4. "Oliver effekti" - Xyuz endi O'zbekiston bozorida ishlamoqda va bu yerda TBC va Payme rivojlanishi uchun javobgar bo'ladi.

Oliver Xyuz (Tinkoff bankning sobiq ijrochi direktori) dunyodagi eng kuchli bankirlardan biri hisoblanadi. Va butun dunyo uchun bu muhim signal. Ammo men bunga investor / tadbirkor / OAV ko'zi bilan qaramayman.

Bu kabi ekspert odamlar O'zbekistonga kelib, O'zbekistonda ishlay boshlaydi, birinchi navbatda Oliver va Oliverning ishtiyoqi tufayli. Va vaqt o'tishi bilan, menimcha, bu darajadagi odamlar boshqa loyihalarga/kompaniyalarga kelishadi. Natijada, biz boshqa sohalardagi eng yaxshi odamlar va mutaxassislar bilan ishlagan mutaxassislarimizni yetishtiramiz va ajoyib mahsulot va xizmatlarga ega bo'lamiz. O'ylaymanki, Oliver Xyuzning kelishi butun bank sohasiga katta ta'sir ko'rsatdi va ta'sir qilishda davom etadi (garchi TBC so'nggi bir necha yil ichida sezilarli ta'sirga ega bo'lsa ham) - banklar "zamonaviyroq" bo'lib, yanada jasorat bilan raqamli mahsulotlar va yangi xizmatlar, shuningdek marketing va jamoa uchun sarmoya kiritadilar.

5. IT-gigantlarning va ekotizimlarning rivojlanishi - Uzum, Yandex, yana kimlar?

Uzum ekotizimi o'sishni davom ettirdi - yangi servislarni ishga tushirdi, masalan, Uzum Tezkor. Yandex ham o'zining ovqat yetkazib berish servisi bo'lgan Yandex Eats servisini O'zbekiston bozoriga olib kirdi. Kelajakda esa xalqaro o'yinchilar ham bozorga kirishi mumkin (Glovo va Volt kabi). Express24 o'z o'rnini munosib himoya qilmoqda. Korzinka esa o'zining maxsulot yetkazib beruvchi Korzinka Go servisini ishga tushirdi. TBC yuqori natijalarni ko'rsatmoqda. Bularning barchasi bizda iqtisodiyotning IT qatlami - IT-kompaniyalar va IT-xizmatlari rivojlanayotganidan dalolat beradi. Va bularning hammasi qandaydir kichik staruplar emas. Bular yuzlab, millionlab va hatto milliardlab dollarlar turadigan gigantlar bo'lib, ularda o'n minglab yuqori maoshli mutaxassislar ishlaydi (ular tajriba orttirgandan so'ng o'z startaplarini yo'lga qo'yadilar). Bu tempda bizga yanada ko'proq va jiddiyroq yirik IT-kompaniyalar kelishni boshlaydi va o'zlari bilan dunyo standartlarini, bilimlarni va nou-xaularni olib kelishadi.

Yana bir narsa: Shuningdek, muhim yangiliklar qatorida arab davlatlari bilan aloqalar va buning natijasida arab kompaniyalarining bozorga kirishi (ayniqsa, ular energetika sohasida ekani meni quvontiradi), Air Products bilan kelishuvni alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Korzinkaning bu yil qilgan barcha ishlari O'zbekistondagi kompaniyalarning ideal rivojlanishining to'g'ridan-to'g'ri misoli (Korzinka bizning Nike va Apple). Humo Air, Silk Avia va boshqa loukoster aviakompaniyalar va xususiy aviakompaniyalar ochilishini ham qayd etgan bo‘lardim – bularning barchasi ichki turizmning o‘sishiga va natijada mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesning rivojlanishiga olib keladi.

Nimani bu yil ko'rmadim va nimani ko'rishni xohlagan bo'lardim: turizm sohasida ajoyib loyihalarni.

Yil sarhisobiga yana nimalarni qo'shsak bo'ladi, fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 3
  • 🔥 2
Post #29 821
2023-yil sarhisobi: O'zbekistonda biznes sohasida ro'y bergan eng muhim voqealar

"Yil sarhisobi" mavzusidagi postlarni boshlayman. Yil oxirigacha men turli sohalardan (bank, media, marketing, startaplar va hokazolar) kuzatuvlarni joylab boraman. Seriyani o'zimning yil davomidagi natijalarim sarhisobi bilan boshlashga qaror qildim. Orqaga qaradim va 2023 yildagi eng yorqin va muhim voqealarni tahlil qilib chiqdim, bu mening fikrimcha, bozor, biznes va hayotimizga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan (yoki ko'rastuvchi) voqealar bo'ladi.

1. Ortiqxo'jayev Toshkent shahar hokimi lavozimidan ozod etildi.

Nimaga bu muhim? Hozirgi kunda Jahongir Ortiqxo'jayev O'zbekistondagi eng kuchli biznesmenlardan hisoblanadi. Hozirda uning bor e'tibori bizneslariga qaratilgan, va endi bizni ko'pgina ambitsion va qiziq, shuningdek, bizni hayotimizni yaxshilashi mumkin loyihalar kutmoqda. Shaxsan men uchun Seoul Mun'ga o'xshagan loyihalar ko'proq bo'lishini xohlardim. Ammo aftidan F&B (Oziq-ovqat va ichimliklar) yo'nalishi ko'proq rivojlantirishilishi rejalashtirilmoqda (KFC ga qo'shimcha ravishda Costa Coffee qo'shildi, FeedUp'ning 50% ulushi xarid qilindi). Sezyapmanki, yaqin yillarda Ortiqxo'jayevning yirik loyihalari haqida eshitmaymiz.

2. TBC Payme'ning qolgan 49% ulushini $113,6 mln dollar qiymatida xarid qildi. Click Uzum'ning bir qismi bo'ldi.

Nimaga bu muhim? Bu O'zbekiston tarixidagi startuplarning eng yuqori qiymatda sotilishi. Yangilik uchdi (bu post mening kanalimdagi eng ko'p ulashilgan post bo'ldi - 412 ta odam do'stlari bilan ulashgan), qanday qiymatga startupni baholash/sotish mumkinligi haqida bozorda yangi va a'lo darajadagi benchmark paydo bo'ldi. Buning ketidan Click Uzum'ning bir qismiga aylanayotgani haqida yangilik paydo bo'ldi. Bu startuperlar va investorlar uchun kuchli

Bu startaperlar va investorlar uchun kuchli turtki bo'ladi degan fikr bor, xuddi shu holat millionlab (yaxshi, minglab yoki o'n minglab) startapchilarni loyiha ochishga undaydi va loyihani 100 million dollarga qiymatga olib chiqish uchun turtki bo'ladi.

3. Orlov va Novikovlarning restoranlarini ochilishi

2023-yilda Rossiyalik restoratorlar Arkadiy Novikov va Aleksandr Orlov Toshkent bir nechta loyihalarni ishga tushirishdi - TKX, Хорошая девочка, Pro.Хинкали, (avval ochiq bo'lgan Tanuki va Сыроварня), shuningdek yaqin orada Novikovning "Южанин" restorani ham ochiladi. Va shuningdek birdaniga uchta kofeynya ham ochildi Costa Coffee. Loyihalarning har biri hayratlanarli - hamma narsa qanchalik yaxshi ishlab chiqilgani, mebel, yorug'lik, idishlar, oshxona, xizmat ko'rsatish. Bu butunlay boshqa liga va boshqa daraja ekanligini darhol his qilasiz. Hamda loyihalarning barchasi aftidan muvaffaqiyatli va taniqli. Bu xorijiy va mahalliy bozor ishtirokchilari uchun muhim va yorqin indikator bo'lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, bizni ko'plab ajoyib loyihalar kutmoqda (bu tezlikda butunlay sayr qilish uchun mo'ljallangan restoran ko'chalari paydo bo'ladi) va shahardagi hayot yaxshi tomonga o'zgaradi. Shuni ta'kidlashni istardimki, bizning mahalliy yigitlarimiz ushbu loyihalarning barchasida ishlay boshlaydilar va u erda ular o'sib boradi va o'rganadi, natijada biz ko'proq malakali va o'qitilgan / tajribali mutaxassislarga ega bo'lamiz. Shunday qilib, hamma narsada faqat afzalliklar bor.

Bi Group'ning bozorga kirishi ham xuddi shunday ta'sir ko'rsatadi - Qozog'istondagi eng yirik developerning (va butun MDHdagi eng kuchli o'yinchilardan biri) resurslari, ko'lami va tajribasini hisobga olgan holda, barcha developerlar biroz faollashishiga aminman). Bu shuni anglatadiki, siz va men (iste'molchilar) bularning barchasidan faqat foyda ko'ramiz, chunki loyihalar zo'r va samarador bo'lishga majbur bo'ladi. Umuman olganda, bu biznesning eng muhim kuchi - moslashish yoki o'lish.

(davomi bor)
—
🥷 @yangimark
  • 👍 7
  • 🤯 3
Post #28 21.2K
Pandemiya davrida kuryerlar zamonamizning ko'rinmas qahramonlari ekanligi ma'lum bo'ldi, ularsiz hayotni tasavvur qilish qiyin.

Kompaniyalar kuryerlarni qo'llab-quvvatlasalar bu albatta ajoyib holat. Rasmda Oqtepa Lavash, buyurtma tayyor bo'lishini kutayotgan kuryer uchun issiq choy taqdim qilmoqda. Anomal sovuq va issiq paytda, buyurtmalar soni keskin oshib ketadi, kuryerlarda esa ish ko'payadi.

P.S. Kuryerlar uchun choy pul qoldirish ham mumkin.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 25
  • ❤ 5
  • 🔥 5
  • ⚡ 1
Post #24 1.33K
Bizga ko'proq sun'iy intellekt kerak!

Google o'zining Bard sun'iy intellektida Gemini Pro nomidagi yangilanishni taqdim etdi. Google'ning ta'kidlashicha, Gemini hozirda eng kuchli sun'iy intellekt.

Gemini Pro bir qator matn va multimodal sinovlarda ChatGPT'dan ustun keldi va hozirda bepul ishlamoqda, kelajakda obunalar orqali pul ishlash rejalashtirilmoqda.

Gemini'ning video prezentatsiyasi

Gemini'ni ishga tushirish bo'yicha qo'llanma
—
🥷 @yangimark
  • 👍 4
Post #23 992
Yaqin Sharq bo'ylab roadtrip

O'tgan haftani Arab yarim orolidagi turli shaharlarda o'tkazdim - Saudiya Arabistonining bir nechta shaharlarida, BAA'dagi 7 ta amirlikning 6 tasida va Qatar poytaxti Doha'da bo'ldim. Juda yorqin voqealarga boy sayohat bo'ldi. Ayniqsa, Saudiya Arabistoni hayratlanarli va yoqimli bo'ldi. Avvallari menda odamlar, madaniyat va ularning turmush tarzi haqida juda ko‘p stereotiplar bor edi. Ammo men bunday Saudiya Arabistonini tasavvur qilmasdim.

Ushbu kanalda sayohatdan olgan hissiyotlarimni baham ko'rishim sizga qiziq bo'ladimi? Kontent aynan mening uslubim emas, lekin sizga qiziq bo'lishi mumkin.

- Agar qiziq bo'lsa 👍 qoldiring
- Agar bunday kontentni ushbu kanalda ko'rishni xohlamasangiz 👎 qoldiring
—
🥷 @yangimark
  • 👍 13
  • 👎 2
Post #22 960
Endi hech qanday QR kod yoki bank kartalari kerak emas

Toshkent metrosida kaft orqali to'lov qilish funksiyasi ishga tushirildi. Bu usul hozirda poytaxtimizning "Xalqlar do'stligi" bekatida test rejimida ishlamoqda.

Avval ilova orqali barcha ma'lumotlaringizni kiritasiz, so'ngra hech qanday QR kodlarsiz, bank yoki transport kartalarisiz va internetsiz to'lov amalga oshiringiz va metroda foydalanishingiz mumkin.

Bu yangi texnologiya Uzinfocom tomonidan joriy qilingan bo'lib, Palm ID deb nomlanadi va hozirda Toshkent metrosida test rejimida sinab ko'rilmoqda.

Bundan avval esa yuz orqali (Face ID) to'lovni ham test rejimida sinab ko'rish boshlangandi.

Yangi texnologiyalar kirib kelmoqda!
—
🥷 @yangimark
  • 👍 6
  • 🔥 2
Post #21 790
Maktab yillarimdan beri menga buyuk ajdodlarimiz haqida gapirib berishadi. Men 1991-yilda tug‘ilganman, yosh mustaqil O‘zbekistonda ulg‘aygan, tarix va tarixiy filmlarga mehr qo‘ygan izlanuvchan bolakay uchun bu o‘chmas taassurot qoldirdi.

Shunchaki o'ylab ko'ring:
- Al-Xorazmiy barcha davrlarning eng buyuk matematiklaridan biri bo‘lib, uning nomidan Algoritm so‘zi kelib chiqqan;
- Ibn Sino 600 yil davomida butun dunyo bo'ylab tibbiyot bo'yicha asosiy darslik bo'lgan "Tib qonunlari" ning muallifi;
- Mirzo Ulug‘bek o‘z davrining eng aniq yulduzlar katalogini yaratgan buyuk astronomlardan biri;
- va boshqalar.

Ammo vaqt o'tishi bilan siz ulg'ayasiz, endi siz allaqachon 32 yoshdasiz va ortga qaraysiz va shu yillar davomida sizga 500-1000 yil oldin erishilgan yutuqlar haqida gapirilganini tushunasiz. Shu bilan birga, siz shu yillar davomida ilm-fanni rivojlantirish uchun hech narsa qilmagan mamlakatda yashayapsiz (Ishonchim komilki, agar siz raqamlarga qarasangiz, biz so'nggi 32 yil ichida ilm-fan va ta'limga juda oz miqdorda sarmoya kiritganimiz ayon bo'ladi).

Endi Mustaqil, so‘ngra Yangi O‘zbekiston tarixini tasavvur qiling, bunda asosiy e’tibor aynan ajdodlaringiz salmoqli hissa qo‘shgan fanlarni davom ettirish va rivojlantirishga qaratilgan.

Inson kapitaliga sarmoya kiritish, Al-Xorazmiy matematika maktabini, Avitsenna nomidagi tibbiyot fanini rivojlantirish, Ulug‘bek nomidagi rasadxonalarni ochish orqali yangi strategiyamizni shunday qurish mumkin. Endi biz nafaqat o‘tmishdagi yutuqlar bilan faxrlanamiz, balki yangi Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘beklar, Ibn Sinolar yetishib chiqishiga harakat qilamiz.

Va keyin, ehtimol, 50 yildan so'ng O‘zbekiston vakillari Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida paydo bo‘ladi. Biror narsa menga kelajakda matematiklar, fiziklar, astronomlar, tibbiyot hodimlari, muhandislar insoniyatga rivojlanishda yana bir katta siljish imkonini berishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar va internet bilan esa bularning barchasini O‘zbekistonda amalga oshirish mumkin.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #20 8.7K
Niderlandiyaning SPAR supermarketlar tarmog'i O'zbekiston bozoriga kirmoqda.

SPAR supermarketlari oziq-ovqat (FMCG), uy-ro'zg'or buyumlari va boshqa segmentlarni o'z ichiga olgan keng turdagi maxsulotlarni taklif etadi. U franshiza ko'rinishida ishlaydi va dunyoning ko'plab mamlakatlarida supermarketlariga ega.

Xususan, hozirda Qirg'izistonda ham SPAR supermarketlari tarmog'i o'z faoliyatini olib boradi.

Bu Carrefour va Bi1 supermarketlaridan so'ng, O'zbekistonda o'z faoliyatini boshlagan Yevropaning uchinchi do'koni hisoblanadi.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 8
  • 🔥 4
Post #16 702
Dam olish kunlari shahar bo'ylab sayr qildim va Sharod Rashidov haykali joylashgan kichik bir parkga kirdim.

Shunday fikr tug'ildi, kelajakda umuman boshqacha ko'rinishdagi haykallar bo'lishi mumkin - ular tirikdek ko'rinadi, haqiqiy odamlarning gologramma ko'rinishidagi raqamli nusxalari bilan gaplashish va savollarni berish imkoniyati bo'ladi.

Yaxshiyam-ki, suniy intellekt bor, buni vizual ko'rinishga keltira oladi. Buni haqiqatga aylanishini kuta olmayman. Taxmin qilishim mumkinki, buni amalga oshirish uchun 5-10 yildan ko'p vaqt qolmadi.
—
🥷 @yangimark
  • 🔥 5
  • 👎 4
  • 👍 1
Post #15 572
Bizning agentlik xalqaro tadbirda ushbu keys uchun mukofot olganini ko'rish qanchalar yoqimli.

Bu yoz menga TBC Ornaments ekspeditsiyalaridan biriga qo‘shilish baxtiga muyassar bo‘ldim – biz Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdik, u yerda loyiha jamoasi bilan milliy naqshlarni yig‘ib, raqamlashtirdik.

Men ko‘rganlarimdan hanuzgacha hayratdaman – madaniyatimiz va tariximiz shu qadar boy va rang-barang, shu qadar hayajonli, tubsiz dengizdek, undan O‘zbekistonning buguni va kelajagi uchun g‘oyalar chiqarish mumkin.

Ekspeditsiya davomida ishtiyoq o‘rnini ko‘pincha g‘amginlik egallab turdi, chunki bizning ta’lim tizimimiz menga va millionlab bolalarga yurtimiz, ajdodlarimizning bu go‘zalligini, boy tarixini ko‘rsatib bera olmadi. Buning ustiga, ushbu mavzu bo'yicha zamonaviy va sifatli kontentning yetishmasiligi ham achinarli. Muzeylar ko'pincha faqat qayg'u va ispan sharmandaligini keltirib chiqaradi.

Loyiha kuratori, sanʼatshunos Binafsha Nodir – deyarli butun Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilgan va u bilan birga tariximizga oid koʻrsatuvlar suratga olish mutlaqo zarur boʻlgan shaxs bilan boʻlgan suhbatlar men uchun bu sayohatni oʻzgacha o'tishiga sabab boʻldi.

Hozircha sizlarga bizning ekspeditsiyamizdan tayyorlangan ko'rsatuvni ko'rishni tavsiya qilaman.

https://www.youtube.com/watch?v=2aM1Gu418wE
—
🥷 @yangimark
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 😎 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →