TGViewer
Channel Public Channel
Yangi Marketing

Yangi Marketing

@yangimark

Biznes, marketing, start-up va O'zbekiston kelajagi haqidagi sahifa.
Subscribers
396
Photos
101
Videos
13
Links
28

Showing posts older than #15 · Back to latest

Older Posts 8 shown
Post #14 10.9K
Uztelecom qancha turadi?

Uztelecom hozirda IPO o'tkazmoqda, bu barcha "xalq IPO'lari" bilan bog'liq tarix menda g'alati tuyg'ularni uyg'otadi. Ammo hozir bu haqida emas. IPO yordamida, kompaniya qancha turishi ma'lum bo'ldi.

Kompaniyaning umumiy qiymati 6,4 mlrd so'm bo'lgan 2% aksiyalari sotuvga qo'yildi. Bundan ma'lum bo'ladi-ki, kompaniya 320 mlrd so'm qiymatga ega, valyutada $26 mln AQSH dollari.

Uztelecom - milliy telekommunikatsion operator (O'zbekistondagi eng yirik). Bu mobil aloqa, internet-provayder, uy telefoniyasi, xalqaro aloqa, 22 ta filial va 17,000 mingdan ko'p xodimlar.

Taqqoslash uchun, Payme'ni $113,6 mln, bir necha yil avval Coca-Cola Uzbekistan'ni $442 mln qiymatda xarid qilishgan edi.

Agar ipo.uztelecom.uz saytiga kirsangiz, hammasi g'amginlikga aylanadi. Shunchaki, kompaniyaning prezentatsiyasini "yuklab olish" tugmasini bosing. Shundan keyin, Tesla yoki boshqa xalqaro kompaniyalarning aksionerlar uchun tayyorlagan prezentatsiyasi bilan taqqoslang. Shundan so'ng tushunasiz, bu yerda nimadir noto'g'ri ketgan va IPO haqiqatan ham kerak emas.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 😁 1
Post #13 720
Men Makro reklamasini birinchi marta ko'rayotganim yo'q, ularning deyarli barcha reklamasida asosiy xabar - bizda chegirmalar (shaharda bannerlarni ham ko'rdim). Boshqa hech qanday xabarlarni ko'rayotganim yo'q. Shunday tuyulyaptiki, biznes o'lmoqda va barcha tovarlarini chegirmalar bilan sotib yuborishga harakat qilmoqda, yoki o'ziga qanday qilib xaridorlarni jalb qilishni bilmayapti.

Ekoparkdagi Makro'ga kirsam, barchasi shuni tasdiqlayotgandek - avval eng zo'ri, zamonaviy va trendlarni yaratuvchi bo'lgan supermarket sokin va tashlandiq do'konga o'xshab qolgan.

Bir yil avval qanday kuchli brend bo'lganini o'ylasam, bularning barchasi qayg'uli, to'g'risini aytganda (qaysidir vaqtlarda trend yaratuvchi va innovator ham bo'lgan).

Va yana bir fikr: nimaga Makro'dagi chegirmalar negativ fikrlarni uyg'otmoqda, Uzum'dagilari yo'q? Ehtimol, Uzum chegirmalarini ko'proq kommunikatsiya kanallarida ham reklama qilayotgani, chegirmalar haqiqiy va tabiiy ekanligi haqida tuyg'ularni keltirib chiqaradi va kompaniyani faol rivojlanayotgandek ko'rsatadi. Yoki bular mening shaxsiy o'ylashlarimdandir va Makrodagi chegirmalar boshqalarda to'g'ri fikrlarni uyg'otayotgandir. Biznes bilan barchasi joyida bo'lishi mumkin va brend ham sog'lom rivojlanayotgan bo'lishi mumkin.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • ❤ 3
Post #12 412
Kecha @nobody_cares_but bilan suhbatda savol tug'ildi: Nima uchun davlat idoralari Duolingo'ga o'xshagan til o'rgatuvchi loyihalar bilan shartnoma qilib, xalqning o'zbek tilidagi savodxonligini oshirish uchun katta masshtabdagi kampaniyani amalga oshirishmaydi, masalan o'zbek tili bo'yicha o'quv kursini til o'rgatuvchi loyihalarga qo'shishmaydi va uni PR qilishmaydi?

Dunyoda, kimlardir bu muammoga allaqachon o'z samaradorligini ko'rsatgan yechimlarni tayyorlab qo'ygan. Biz esa hali ularni amalga oshirmadik. Muammo nimada? Hech nimada. G'ildirakni qayta kashf qilgandan ko'ra, shunchaki tayyor yechimni olib ishlatish kerak.

Yurtimizda o'zbek tili savodxonligi bilan juda katta muammo mavjud. O'zbek tili hozirda yig'laydigan holatda. Har yili 21-oktyabr, O'zbek tili bayramida esa, og'zimizni baland qilib gapiramiz, tilni rivojlantirish kerak deymiz va uni bir nechta til ishtiyoqmanlari amalga oshiradi, Asaxiy Books va bir nechta o'zbek tilida kontent yaratuvchilar.

Endi tasavvur qilib ko'ring, agar davlat idoralari tilni rivojlantirish majburayatini o'z zimmasiga olib, bu bilan haqiqatdan shu'gullanishni boshlasa, natijaga e'tiborni qaratib, samarali yechimlarni taklif qilishni boshlasa nima bo'ladi? Yangi O'zbekistonga xush kelibsiz! 🚀🇺🇿

Malumot uchun:
Duolingo - chet tillarini o'rganish uchun yaratilgan loyiha. Foydalanuvchilar darslarni yakunlaydilar va agar ular darslarni o'tkazib yuborsalar, kompaniyaning maskot tizimi yordamida push-bildirishnomalarni oladilar, u qat'iy ravishda mashg'ulotlarga qaytishni taklif qiladi. Xizmatda Duo haqida video bor – unda maskot tizimi odamlarni haqiqatda kuzatib boradi va ularga ilova haqida eslatib turadi.

Maskot Internetda memga aylandi - foydalanuvchilar yovuz boyo'g'li darslarini o'qimaganlar uchun keladi, deb hazillashishadi.
—
🥷 @yangimark
  • 🤯 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #8 351
Aftidan, Uzum o'zining shaxsiy savdo belgisini ishga tushirgan ko'rinadi. Uning nomi "Oila tanlovi".

Men 11.11 aksiyasi bo'limiga kirganimda bunga e'tibor qaratdim. Umuman olganda, marketpleysga katta miqdorda odam kirishini hisobga olsak, mantiqiy yondashuv (masalan, Korzinka allaqachon ikkita shaxsiy savdo belgisiga ega) va bu marketpleys uchun monetizatsiyaning qo'shimcha ko'rinishi.

Ammo, shu bilan birga, shaxsan men uchun bu biroz kutilmagan bo'ldi - marketpleys ishga tushganiga atigi bir yil bo'ldi, go'yo endi kompaniya o'z mijozlar bazasini ko'paytirishga, sotuvchilar sonini oshirishga va infratuzilma qurishga e'tibor qaratayotgandek. Bu vaqtda esa shaxsiy savdo belgini ishga tushirish uchun ko'p resurs mavjud bo'lmaydi. Ehtimol, bu yondashuv ustuvor ahamiyatga ega emasdir.

Ma'lumotlarga ko'ra, Oila tanlovi savdo belgisi Uzum Market'da 2023-yil 18-iyuldan buyon sotuvchi hisoblanadi. Shu vaqt ichida 91,281 ta buyurtmalarni amalga oshirgan.

Bizga ko'proq raqam kerak!

Aksiya mavzusiga muvofiq, Uzum 11.11 aksiyasining birinchi kunidagi natijalari bilan ulashdi - buyurtmalar o'tgan yilga nisbatan 15 martaga oshgan (130 mingdan ortiq buyurtma ekosistema servislarida amalga oshirilgan)

Top sotuv: 18 tonnadan ko'proq kungaboqar yog'i, 12 tonna kir yuvish kukuni, 10 ming banka konservalangan kukuruz va 1,5 mindan ziyod smartfonlar. Eng top maxsulotlar elektronika, kiyim-kechak va aksesuarlar, uy uchun jihozlar.

45% buyurtmalar nasiya savdo orqali rasmiylashtirilgan. Eng aktiv viloyatlar Toshkent, Samarqand, Farg'ona va Buxoro.

Avvalgi yil bilan taqqoslaydigan bo'lsak, o'tgan yili 11.11 aksiyasi doirasida Uzum 4 kun ichida 100,464 buyurtmani amalga oshirgan.

Va yana taqqoslash uchun: 2022-yilda 11.11 aksiyasi doirasida Alibaba $84 mlrd qiymatdagi tovarlarni sotgan, 900 million xitoyliklar xarid qilgan, 17 million maxsulotlar chegirmada bo'lgan.
—
🥷 @yangimark
  • 🔥 3
  • 😁 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #7 319
Korzinkadan CTM brendlari - marketing bo'limi bilan suhbat

Nimaga Korzinkada 2 ta CTM mavjud? "Из корзинки" va "365 kun" savdo belgilarining orasidagi farq nimada? Ushbu CTM'larning raqamlardagi ko'rsatkichi qanday? Men bu savollarni bir necha oy avval Korzinkaning marketing bo'limiga bergan edim, vanihoyat ularda ushbu savollarga javob berish uchun vaqt topildi.

Javoblar:
Xalqaro riteyl analizlariga asoslanib, biz ikki savdo belgidan iborat bo'lgan CTM'ni rivojlantirish strategiyasini tanladik. Brendlar "o'rta -" va "o'rta +" segmentlari uchun ishlab chiqilgan.

Tovar aylanmasining katta qismini o'rta va iqtisodiy segmentdagi tovarlar tashkil etganligi sababli, "o'rta -" narxdagi segmentda asosiy brend sifatida “365 kun” tanlandi. Biz kundalik iste'mol qilinadigan mahsulotlar (un, shakar, makaron va hokazo) toifalarini tezda qamrab oldik va natijada brendning taniqligi ham tezda oshib ketdi.

"365 kun" savdo belgisi:
1. "O'rta -" segment uchun chiqarilgan;
2. Javondagi birinchi narx emas;
3. Maxsulot sifatiga e'tibor qaratilgan;
4. Mashxur brendlardagi maxsulotlarning alternativ ko'rinishi;
5. Barcha toifalarni qamrab oladi.

"Из Корзинки" savdo belgisi yuqori sifatdagi maxsulotlar ko'rinishida bozorga taqdim etilgan va ushbu so'rovdagi bilan mijozlarning ehtiyojlarini qondiradi.

"Из Корзинки" savdo belgisi:
1. "O'rta +" segment uchun chiqarilgan
2. Asosiy savdo belgilari allaqachon mavjud bo'lgan va qo'shimcha segmentatsiya talab qilinadigan toifalarda kerak bo'lganda joriy qilinadi;
3. Yuqori sifatni xohlovchilar talablarini qondiradi;
4. Hamma toifalarda taqdim etilmasligi mumkin.

Bu kompaniyaning uzoq muddatli qarori va strategik qadami. Bu ko'zda tutilgan ma'lum masshtab va hajmga chiqish uchun bo'lgan yo'lning bir qismi.

Hozirgi vaqtda, Korzinka javonlarida 400 xildan ortiq CTM savdo belgisi ostidagi maxsulotlarni topish mumkin. Ushbu CTM tovarlari har besh chekning birida bor va brend taniqliligi 98% tashkil etadi.

Rejalar - pozitsiyani mustahkamlash va xaridorlarni sifatli mahsulotlar bilan xursand qilish. Bu mijozlarga eng yaxshi takliflarni berish uchun rivojlanishning to'xtamas jarayoni.
—
🥷 @yangimark
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #6 317
Post #5 2.56K
Nima uchun SMM to'laqonli marketing emas? Keling, buni ko'rib chiqamiz.

Hammaga salom! Bugun ikkita katta "M" haqida gaplashamiz: SMM va Marketing

SMM — bu Instagram va Facebookdagi DJ (didjey) kabi funksiyani bajaradi. Odamlar bizning brend atrofida muhokama qilishlari, ziyofat qilishlari va do'stlari bilan ulashishlari uchun qiziqarli post va hikoyalar (stories) joylaymiz. Bularning barchasi insonlarda hissiyot yaratish va ularni jalb qilish uchun.

Marketing — bu ijtimoiy tarmoqlardan ham ko'proq narsa. Buni kinodagi rejissyorga qiyoslasak bo'ladi. Billboard'lar, OAV'da reklama va do'kondagi aksiyalar mavjud. Marketingda tadqiqot qilamiz, rejalashtiramiz va bozor uchun kurashamiz.

Shunday ekan, do'stlar eslab qoling: SMM — faqatgina katta bir marketing pirogining bir qismi. To'laqonli marketing esa biznesning poydevorlarini yaratuvchi katta bir jarayon.
—
🥷 @yangimark
  • 🔥 7
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 💯 1
Post #1
Channel created
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →