TGViewer
Yangi Marketing Yangi Marketing @yangimark · 396 subscribers
Post #13 720
Men Makro reklamasini birinchi marta ko'rayotganim yo'q, ularning deyarli barcha reklamasida asosiy xabar - bizda chegirmalar (shaharda bannerlarni ham ko'rdim). Boshqa hech qanday xabarlarni ko'rayotganim yo'q. Shunday tuyulyaptiki, biznes o'lmoqda va barcha tovarlarini chegirmalar bilan sotib yuborishga harakat qilmoqda, yoki o'ziga qanday qilib xaridorlarni jalb qilishni bilmayapti.

Ekoparkdagi Makro'ga kirsam, barchasi shuni tasdiqlayotgandek - avval eng zo'ri, zamonaviy va trendlarni yaratuvchi bo'lgan supermarket sokin va tashlandiq do'konga o'xshab qolgan.

Bir yil avval qanday kuchli brend bo'lganini o'ylasam, bularning barchasi qayg'uli, to'g'risini aytganda (qaysidir vaqtlarda trend yaratuvchi va innovator ham bo'lgan).

Va yana bir fikr: nimaga Makro'dagi chegirmalar negativ fikrlarni uyg'otmoqda, Uzum'dagilari yo'q? Ehtimol, Uzum chegirmalarini ko'proq kommunikatsiya kanallarida ham reklama qilayotgani, chegirmalar haqiqiy va tabiiy ekanligi haqida tuyg'ularni keltirib chiqaradi va kompaniyani faol rivojlanayotgandek ko'rsatadi. Yoki bular mening shaxsiy o'ylashlarimdandir va Makrodagi chegirmalar boshqalarda to'g'ri fikrlarni uyg'otayotgandir. Biznes bilan barchasi joyida bo'lishi mumkin va brend ham sog'lom rivojlanayotgan bo'lishi mumkin.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • ❤ 3
More from @yangimark
  1. Jul 16, 2025✅ Marketing sohasiga qiziqasiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🚀 Zamonaviy instr…
  2. May 29, 2025⚠️ Agar siz bu ko‘nikmalarni o‘rganmasangiz, kelajakda aniq ish joyingizni yo‘qotasiz! 💼…
  3. May 28, 2025Osnova startapimiz uchun yangi marra — 1 kunda biz bir yil davomida erishgan natijamizdan…
  4. May 12, 2025Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish bo‘yi…
  5. May 2, 2025Freepik bo'yicha birinchi darsligim chiqish arafasida. Bu video darslik ko'rinishida.Osnov…
  6. Apr 22, 2025🎓 O‘z sohangizda ekspertmisiz va bilimlaringizni boshqalar bilan bo‘lishmoqchimisiz? 🤝 U…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →