Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish bo‘yicha qo‘shma loyiha natijalarini e’lon qildi.
O‘zbekistondagi texnologik kompaniyalarning jadal rivojlanishi - hozirda mamlakatda sodir bo‘layotgan eng muhim jarayon ekanligi haqida tez-tez yozaman va gapiraman. Buning sababi, texnologiyalar har bir inson hayotini o‘zgartiradi va yengillashtiradi.
Bundan tashqari, texnologik kompaniyalar va ekotizimlarning o‘sishi hamkorlik va sheriklik uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Shunday misollardan biri Ijtimoiy himoya agentligining Uzum Market bilan hamkorligi bo‘lib, uning doirasida barcha ehtiyojmandlar Agentlikdan subsidiyalangan reabilitatsiya vositalarini olishlari mumkin. Uzum Market infratuzilmasi va platformasi buni tezda va butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirish imkonini beradi (383 ta shaharda 1144 dan ortiq buyurtmalarni yetkazib berish punktlari mavjud).
"Inson uchun" ko‘rgazmasida loyihaning dastlabki natijalari taqdim etildi - reabilitatsiya vositalari uchun maxsus vaucherlardan allaqachon 69 000 martadan ortiq foydalanilgan! Bu loyihaning samarali ishlayotganini ko‘rsatadi (va aynan shu narsa quvontiradi, chunki har doim ham ijtimoiy loyihalar muvaffaqiyatga erishavermaydidi).
Post #150
375




