TGViewer
Yangi Marketing Yangi Marketing @yangimark · 401 subscribers
Post #155 556
Osnova startapimiz uchun yangi marra — 1 kunda biz bir yil davomida erishgan natijamizdan ham ko‘proq foydalanuvchiga ega bo‘ldik va bunga bir tiyin ham sarflamadik.

Rasmdagi grafik startapchi hayotining qanday kechishini ko‘rsatadi. Mehnat, ishlaydigan narsa topishga urinishlar va shafqatsiz haqiqat. Eng qattiqqo‘l hakam - bu raqamlar, mijozlaringiz yoki foydalanuvchilaringiz mahsulotingizga qiziqmaganini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich. Demak, hali muvaffaqiyatga erisholmabsiz.

Aprel oyida biz nimanidir aniqladik va platformamizda oldingi oylarga nisbatan 5 baravar ko‘p foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘ta boshladi. Bir oydan so‘ng biz buni kengaytirdik - natijada, o‘tgan hafta davomida 12 mingdan ortiq yangi foydalanuvchiga ega bo‘ldik va bunga marketing byudjetidan bir tiyin ham sarflamadik. Taqqoslash uchun, dastlabki 10 ming foydalanuvchiga ega bo‘lish uchun bizga bir yil kerak bo‘lgan edi.

"Bir yil oldin bugun erishgan yutuqlarimizga erisha olamiz deb o‘ylamagandik" - sherigim, "Osnova" asoschisining so‘zlari. Endi bu yilgi maqsadlarimiz (100 ming foydalanuvchiga erishish) unchalik ulkan tuyulmayapti va biz bu marrani yanada ko‘tarishni rejalashtirmoqdamiz.

Startaplarning kuchi nimada? Bu ko‘plab tajribalar o‘tkazish, doimiy izlanishlar hamda tezkor iteratsiyalar va gipotezalarni tekshirishda. Bu growth-hacking va millionlab odamlar foydalanadigan mahsulot yaratish uchun ajoyib imkoniyat.

Kichik g‘alabamiz hamkorlarimiz — Osnova yaqinda qo‘shilgan Click va Hambi super-ilovalar bilan birinchi qo‘shma aksiyamiz tufayli ro‘yobga chiqdi. Dam olish kunlarida biz butun birinchi yildagiga qaraganda ko‘proq foydalanuvchilarga ega bo‘ldik.

Bizning vazifamiz — O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun mamlakatning har bir burchagida sifatli va zamonaviy ta’lim olish imkoniyatini yaratishdir. Va bu ulkan maqsadga sheriklik orqali tezroq erishish mumkin. Missiyamizni qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyalar borligi va ular bunday hamkorlik orqali O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shayotgani quvonarlidir.

Bugungi kunga qadar Osnova butun mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilar uchun 100 000 dan ortiq kurslarni tatbiq etdi. Ishonchim komilki, bu hali boshlanishi!

🥷 @yangimark
More from @yangimark
  1. Jul 16, 2025✅ Marketing sohasiga qiziqasiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🚀 Zamonaviy instr…
  2. May 29, 2025⚠️ Agar siz bu ko‘nikmalarni o‘rganmasangiz, kelajakda aniq ish joyingizni yo‘qotasiz! 💼…
  3. May 12, 2025Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish bo‘yi…
  4. May 2, 2025Freepik bo'yicha birinchi darsligim chiqish arafasida. Bu video darslik ko'rinishida.Osnov…
  5. Apr 22, 2025🎓 O‘z sohangizda ekspertmisiz va bilimlaringizni boshqalar bilan bo‘lishmoqchimisiz? 🤝 U…
  6. Apr 17, 2025🔥 Nafaqat ko‘ngilochar, balki biznes maqsadlari uchun ishlaydigan yozgi timbildingga tayy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →