Aftidan, Uzum o'zining shaxsiy savdo belgisini ishga tushirgan ko'rinadi. Uning nomi "Oila tanlovi".
Men 11.11 aksiyasi bo'limiga kirganimda bunga e'tibor qaratdim. Umuman olganda, marketpleysga katta miqdorda odam kirishini hisobga olsak, mantiqiy yondashuv (masalan, Korzinka allaqachon ikkita shaxsiy savdo belgisiga ega) va bu marketpleys uchun monetizatsiyaning qo'shimcha ko'rinishi.
Ammo, shu bilan birga, shaxsan men uchun bu biroz kutilmagan bo'ldi - marketpleys ishga tushganiga atigi bir yil bo'ldi, go'yo endi kompaniya o'z mijozlar bazasini ko'paytirishga, sotuvchilar sonini oshirishga va infratuzilma qurishga e'tibor qaratayotgandek. Bu vaqtda esa shaxsiy savdo belgini ishga tushirish uchun ko'p resurs mavjud bo'lmaydi. Ehtimol, bu yondashuv ustuvor ahamiyatga ega emasdir.
Ma'lumotlarga ko'ra, Oila tanlovi savdo belgisi Uzum Market'da 2023-yil 18-iyuldan buyon sotuvchi hisoblanadi. Shu vaqt ichida 91,281 ta buyurtmalarni amalga oshirgan.
Bizga ko'proq raqam kerak!
Aksiya mavzusiga muvofiq, Uzum 11.11 aksiyasining birinchi kunidagi natijalari bilan ulashdi - buyurtmalar o'tgan yilga nisbatan 15 martaga oshgan (130 mingdan ortiq buyurtma ekosistema servislarida amalga oshirilgan)
Top sotuv: 18 tonnadan ko'proq kungaboqar yog'i, 12 tonna kir yuvish kukuni, 10 ming banka konservalangan kukuruz va 1,5 mindan ziyod smartfonlar. Eng top maxsulotlar elektronika, kiyim-kechak va aksesuarlar, uy uchun jihozlar.
45% buyurtmalar nasiya savdo orqali rasmiylashtirilgan. Eng aktiv viloyatlar Toshkent, Samarqand, Farg'ona va Buxoro.
Avvalgi yil bilan taqqoslaydigan bo'lsak, o'tgan yili 11.11 aksiyasi doirasida Uzum 4 kun ichida 100,464 buyurtmani amalga oshirgan.
Va yana taqqoslash uchun: 2022-yilda 11.11 aksiyasi doirasida Alibaba $84 mlrd qiymatdagi tovarlarni sotgan, 900 million xitoyliklar xarid qilgan, 17 million maxsulotlar chegirmada bo'lgan.
—
🥷 @yangimark
Post #8
351




- 🔥 3
- 😁 2
- ❤ 1
- 👍 1