TGViewer
Yangi Marketing Yangi Marketing @yangimark · 396 subscribers
Post #83 2.95K
Endi Uzum marketpleysida avtomobil sotib olish mumkin 😱

Uzum Market'da yangi servis test rejimida ishga tushdi — Uzum Avto vitrinasida foydalanuvchilar tasdiqlangan dillerlarning avtomobillarini tanlashlari mumkin.

Tezkor ravishda ishga tushirilgan vitrinada Toshkent shahridagi dillerlarning avtomobillari onlayn-do‘konda sotuvga qo‘yilgan, kelgusida Uzum Avto butun mamlakat bo‘ylab sotuvchilar tarmog'ini kengaytirish, shuningdek, ushbu xizmat orqali jismoniy shaxslarga shaxsiy avtomobillarini sotish imkoniyatini ham taqdim etishni rejalashtirmoqda (ehtiyot bo'ling, OLX va Avtoelon).

O'zi anchadan beri Uzum Market'dan yangiliklar eshitmayotgan edik va mana servis shunday kutilmagan yangiliklar bilan chiqmoqda. Quvonarlisi, loyiha bir joyda turmayapti va yangi servislarni ishga tushirishda davom etmoqda. Endi nima bo'lishini kuzatish qiziq — uy sotuvlari, samolyot sotuvlari?)

Agar jiddiyroq qarasak, O'zbekistonda avtomobilni onlayn xarid qilish bozori (umuman olganda avto xarid qilish) aktiv rivojlanish bosqichida. Juda zo'r bo'lar edi, agar barcha dillerlarning va avtosalonlarning kataloglari bir joyga jamlansa (shu qatorda Xitoyning o'nlab elektrokar brendlari)

“Uzum Avto” kompaniyasi dilerlarning hujjatlarini tekshiradi va displeyimizda taqdim etilgan barcha avtomobillar sotuvda bo‘lishi, ularning tavsifi va fotosuratlari haqiqatga mos kelishiga mas’uldir. Keyingi bosqich — xaridor va sotuvchilarga to‘lovni amalga oshirish uchun qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, hatto bunday yirik xaridlar uchun ham" — deydi Uzum Avto boshqaruvchi direktori Yegor Abramets.

Kelgusida Uzum Avto foydalanuvchilari ham bankka kredit olish uchun ariza yuborish va servisning hamkor banklaridan 3-5 daqiqa ichida oldindan tasdiqlangan limitni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 5
  • ❤ 3
  • 🔥 1
More from @yangimark
  1. Jul 16, 2025✅ Marketing sohasiga qiziqasiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🚀 Zamonaviy instr…
  2. May 29, 2025⚠️ Agar siz bu ko‘nikmalarni o‘rganmasangiz, kelajakda aniq ish joyingizni yo‘qotasiz! 💼…
  3. May 28, 2025Osnova startapimiz uchun yangi marra — 1 kunda biz bir yil davomida erishgan natijamizdan…
  4. May 12, 2025Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish bo‘yi…
  5. May 2, 2025Freepik bo'yicha birinchi darsligim chiqish arafasida. Bu video darslik ko'rinishida.Osnov…
  6. Apr 22, 2025🎓 O‘z sohangizda ekspertmisiz va bilimlaringizni boshqalar bilan bo‘lishmoqchimisiz? 🤝 U…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →