Saytdagi ma'lumotlarga qaraganda ZARA o'zining Toshkentdagi birinchi do'konini shu haftada ochadi. Shuningdek, aftidan, onlayn buyurtma ham mavjud bo'ladi.
Taxmin qilaman, ochilishning birinchi kunlaridayoq ZARA sotuvlar bo'yicha rekordlarni o'rnatadi. Riteyldagi tajribamdan kelib chiqqan holda aytishim mumkin, 29 - boshlash uchun ajoyib sana. Odamlar avans va oyliklarni olgan vaqtda, ya'ni oy boshida xarid uchun ko'proq pullarni sarglashga tayyor bo'ladilar.
Va yana onlayn sotuvlar bo'yicha raqamlarni ko'rish ham qiziq bo'lar edi. Menimcha bu ham bozor uchun muhim indikator bo'ladi, xuddi Uzum Market sotuvlari kabi.
—
🥷 @yangimark
Post #81
2.41K

- 👍 14
- 🔥 5
- 👎 4
- ⚡ 1