OpenAI sun'iy intellekt texnologiyasini yangi darajaga olib chiqmoqda, Google uning ortidan ergashmoqda
Kecha OpenAI matnlarni videoni aylantiradigan sun'iy intellekt - Sora'ni taqdim qildi. Hozirda u test rejimida ishlamoqda va bir qancha kamchiliklar bo'lganligi sababli hali omma uchun ochiq emas. Lekin u yaratgan videolardagi kadrlarni ko'rsangiz avvalgi shunga o'xshash servislar yaratgan videolardan ancha yuqori darajada, sifatliroq va mayda detallar to'g'ri ishlamoqda. Eng qayd qilinadigan tomonlaridan biri Sora 1 daqiqagcha bo'lgan videolarni yasay oladi, ungacha 'text to video' yo'nalishida mavjud bo'lgan vaqt atigi 4 sekund edi.
Yaqin 2-3 yil ichida to'laqonli sun'iy intellekt yordamida yaratilgan filmlar ham chiqib qolsa kerak. Qisqa reklamalarni sun'iy intellekt yordamida tayyorlash allaqachon ishlamoqda va bir nechta taniqli brendlar bu usuldan foydalanib ko'rishdi.
Ma'lumot o'rnida kecha Google ham o'zining sun'iy intellekti bo'lgan Gemini uchun ham yangilanishni taqdim qildi. ChatGPT-4 dan 8 baravar ko'proq kontekst bilan Gemini har bir so'rov uchun 700,000 so'z, 11 soat audio va 1 soatgacha videoni qayta ishlay oladi.
Bizni yaqin kelajakda sun'iy intellektlar jangi va qiziqarli kelajak kutmoqda.
—
🥷 @yangimark
Post #78
1.17K
- 🤯 3
- 👍 2