Domino's Pizza ham endi O'zbekistonda
Dunyoning yetakchi pitseriyalaridan biri bo'lgan Domino's Pizza hozirda 90 dan ortiq mamlakatlarda 19,000 dan ortiq pitseriyalarga ega. Papa John's ortidan endi Toshkent shahrida Domino's Pizza ham o'z pitseriyasini ochmoqda. Hozircha Domino's Pizza o'zining birinchi pitseriyasini Korzinka Abay'ning ro'parasida ochishga tayyorlanmoqda.
Umuman olganda xalqaro brendlarning bozorga kirishi albatta quvonarli va yaxshi, sohada raqobat kuchayadi, xorij tajribalari o'zbek bozoriga olib kelinadi va mahalliy brendlarning ham faollashuviga sabab bo'ladi. Ko'pgina O'zbekistonda yashovchi chet elliklar ham Domino's Pizza'ni yoqtirishlari haqida ko'p aytishgan.
Qisqa qilib aytganda pitseriya segmenti O'zbekistonda oxirgi vaqtlarda juda katta tezlikda rivojlanmoqda, pitsa iste'mol qiluvchilar soni ko'paygani ham bundan dalolat.
—
🥷 @yangimark
Post #77
1.08K

- 👏 6
- ❤ 2
- 👍 2
- 🤯 1
- 👀 1