Marketing sohasiga kirib kelayotganlar yoki sohada o'z faoliyatini endi boshlaganlar uchun uchta kitob tavsiya qilmoqchiman.
Birinchisi Endi Sernovits'ning "Sarafan Marketing. Qanday qilib aqlli kompaniyalar o'zlari haqida gapirishga majbur qiladilar" nomli kitobi. Odamlar reklamada ko'rgan maxsulotlaridan ko'ra tavsiya qilingan maxsulotlarni ko'proq sotib oladilar. Odamlarni siz haqingizda gapirishga undash va maxsulotingizni boshqalarga tavsiya qilishlari tashkil qiluvchi yo'llar haqida ushbu kitobda yozilgan.
Ikkinchi kitob Set Godin'ning "Binafsha rang sigir" nomli kitobi. Kitobning asosiy mazmuni reklama qanday qilib o'z ta'sirini yo'qotgani haqida, nega kompaniyalar risk qilishi ehtiyotkorlikdan ko'ra xavfsizligi va nega kompaniyalar tanqiddan qo'rqishlari haqida.
Uchinchisi, Devid Ogilvi'ning "Reklama haqida" nomli kitobi. O'z kitobida Ogilvi reklama biznesida ishlash qoidalarini tushintirib va samarali reklama yaratish qonunlarini tavsiflab bergan.
—
🥷 @yangimark
Post #75
1.36K
- 🔥 3
- 👍 1