Dodo Pizza bozorga Papa John's kirishi haqida qanday fikrda?
O'zbekistondagi Dodo Pizza ijrochi direktori Akmal Raimov bilan ham suhbatlashdim.
Papa John'sning O'zbekiston bozoriga kirishiga qanday fikrdasiz? Bu bozorga qanday ta'sir ko'rsatadi? Dodo Pizza'gachi?
Akmal: Papa John'sni tabriklaymiz. Bilamizki, Dodo Pizza'ning aktiv rijovlanishi bozorga boshqa xalqaro brendlarning kirishini ham tezlashtirib yubordi. Va bu juda zo'r.
Qanday himoyalanishni reja qilyabsiz? Umuman reja qilyabsizmi? Dodo Pizza'da bunga javoban qanday strategiya mavjud?
Akmal: Dodo Pizza'ning barcha mamlakatlardagi strategiyasi bir xil: raqobatchilarimiz bilan kurashmaymiz, ular bilan birgalikda bozorni rivojlantiramiz.
Papa John's yuqori sifatli ingredientlarni ishlatadi, bu ularning sloganlarida ham aks etgan, "Better Ingredients, Better Pizza".
Akmal: Dodo Pizza har doim yuqori sifatli ingredientlarni ishlatgan. Bugun sir, pepperoni, un, sous, qadoq va hatto hamir turushlarni ham boshqa davlatdan olib kelamiz. Bu yil yuqori texnilogiyalarni joriy qilgan holda mijozlarga xizmat ko'rsatishga e'tiborimizni qaratamiz. O'zimizning eng qulay mobil ilovamiz yordamida statistikalar bilan ishlaymiz, mijozlarni talablariga qarab.
Pitseriyalar orasida janga bo'ladi deb o'ylaysizmi?
Akmal: Marketing urushlari? Make Pizza, Not War.
—
🥷 @yangimark
Post #74
1.32K
- 🔥 5
- 👍 3
- 😁 2
- ⚡ 1