TGViewer
Yangi Marketing Yangi Marketing @yangimark · 396 subscribers
Post #71 1.23K
Yaqin Sharq bo'ylab roadtrip (Qatar, 2-qism)

O'ziming Yaqin Sharqga bo'lgan sayohatimdagi taasurotlarimni bo'lishishda davom etaman. Bugun meni Doha'da nima hayratlantirgani va g'oya bo'yicha bu bizda allaqachon bo'lishi kerak bo'lgan narsa haqida gapirmoqchiman - bu souk! Umuman olganda bu postning sarlavhasi "Qanday qilib tarixni saqlab qolish va turizmni jozibaliroq qilish mumkin?" deb nomlash ham mumkin edi.

Biz Arab Amirliklariga sayohatdan so'ng Saudiya Aranostoni cho'llari orqali Qatarga keldik. Yo'l deyarli 8 soat vaqtni oldi - Abu Dabidan ertalab yo'lga chiqdik va kechga borib Dohada edik. Birinchi navbatda shahar bo'ylab aylanishga qaror qildik va markazga borib Vaqif Souk'iga yetib keldik.

Souk ("souq" deb ham yoziladi) - bu bozorning maksimal darajadagisi. Yaqin Sharq mamlakatlarida savdo uchun ananaviy joy hisoblanadi. Ammo bu bizning tushunchamizdagi shunchaki bozor emas. Shunday hissiyot bo'ldiki, men umuman boshqa shaharga yoki katta tomi ochiq mall'ga tushib qolgandekman. Va bu yerdagi hayot qaynayapti - shunday hissiyot, bu yerda huddi butun shahar aylanadi va vaqtini o'tkazadi - mahalliy aholi bolalari bilan, shuningdek turistlar ham.

Souk - bu savdodan ham ko'proq narsa, ijtimoiy manzil, odamlar ko'rishadi, suhbatlashadi va vaqt o'tkazadi. Kichik bir yo'lakdan yurasan, o'ng tarafda ham, chap tarafda ham kafelar, odamlar u yerda ovqatlanadi, choy yoki kofe ichadi va suhbatlashadi. Yana yurasan va mahalliy aholi yakshanba bozorini aravalar bilan qanday qilayotganini ko'rasan. Bu yerda oziq-ovqat maxsulotlarini ham, kiyim-kechak, suvenir va zargarlik buyumlarini ham sotishadi. Eng asosiysi, bularning barchasi mamlakatning madaniyati va tarixni ifoda etadi (hatto imoratlar ham tarixiy stilda qurilgam, quduqlar bor, tuyalar uchun to'xtash joylari bor).

Xulosa: Shunga o'xshagan savdo va ko'ngilochar tarixiy kvartallar - bu haqiqiy atraksion va ajoyib tajriba, O'zbekiston uchun ham juda mos keladi. Biz bozorlarimizni va Samarqand, Buxoro, Xivadagi turistik manzillarimizni yangilashamiz va shunday joylarni ko'paytirishimiz kerak. Bu yerda yoshlar va mahalliy aholi tariximiz va madaniyatimiz bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi, sayyohlar vaqt o‘tkazish uchun ko‘proq joylarga ega bo‘ladilar, tarixga sho‘ng‘iydilar va sayohatdan yorqin taassurotlar oladilar va bularning barchasi kichik biznes uchun ajoyib imkoniyat bo‘lishi mumkin (aslida siz infratuzilmani yaratishimiz kerak va qolganini tadbirkorlar qiladi).
—
🥷 @yangimark
  • 👍 3
  • 🔥 3
More from @yangimark
  1. Jul 16, 2025✅ Marketing sohasiga qiziqasiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🚀 Zamonaviy instr…
  2. May 29, 2025⚠️ Agar siz bu ko‘nikmalarni o‘rganmasangiz, kelajakda aniq ish joyingizni yo‘qotasiz! 💼…
  3. May 28, 2025Osnova startapimiz uchun yangi marra — 1 kunda biz bir yil davomida erishgan natijamizdan…
  4. May 12, 2025Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish bo‘yi…
  5. May 2, 2025Freepik bo'yicha birinchi darsligim chiqish arafasida. Bu video darslik ko'rinishida.Osnov…
  6. Apr 22, 2025🎓 O‘z sohangizda ekspertmisiz va bilimlaringizni boshqalar bilan bo‘lishmoqchimisiz? 🤝 U…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →