Yangi intervyu: Bellissimo Pizza va Papa John's?
Bellissimo Pizza marketing bo'limi rahbari Shokhrukh Asrolkhodjayev bilan suhbat qildim va Papa John'sning o'zbek bozoriga kirishi haqida fikrlarini eshitdim.
Papa John'sning o'zbek bozoriga kirishiga juda ijobiy tarafdan qaraymiz, raqobat va xalqaro tajribaning bozorga kelishi ushbu kategoriyani oldinga siljishiga turtki bo'lishi mumkin. Bugungi kunda pitsa segmenti ulush bo'yicha ananaviy fastfuddan ancha ortda qolmoqda (lavash, somsa, burger). Yetarlicha potentsial bozor mavjud, biz pitsa madaniyati iste'molchining kundalik hayotiga endigina kirib kelayotgan bosqichda turibmiz, kuchli o'yinchilarning kelishi va sog'lom raqobat bu jarayonni faqat tezlashtirishi mumkin.
O'zingizni qanday himoya qilishni rejalashtiryapsiz? Va rejalashtiryapsizmi? Bu borada Bellissimo'ning umumiy strategiyasi qanday?
Papa John's boshqa segmetn uchun ishlaydi, o'rta + (Middle +), ularda har bir xaridorning o'rtacha cheki Bellissimo'nikiga qaraganda 25+% yuqori, bu iste'molchi uchun juda sezilarli, biz hali global miqyosda strategiyani o'zgartirishni rejalashtirmayapmiz, lekin strategiya bozor holatiga va iste'molchi xulq-atvori o'zgarishiga qarab moslashtirilishi mumkin. Hozirgi vaqtda rejalarimizda brend taniqliligini oshirish va ko'proq yangi restoranlar ochish. Yana qayta takidlayman, asosiy vazifa bu pitsaga bo'lgan munosabatni o'zgartirish va uni istemolchilarning hayotiga olib kirish, boshqa pitseriyalar bunda bizga yordam berishadi.
Papa John's asosan yuqori sifatli ingredientlarni ishlatishga e'tibor qaratadi, bu ularning sloganida ham aks etgan "Better ingredients, better pizza". Bellissimo nimaga e'tibor qaratadi va o'zini qanday pozitsiyalaydi?
Agar siz maxsulotga e'tibor haqida gapirayotgan bo'lsangiz, biz asosiy e'tiborni tezlik va yetkazib berish sifatiga qaratamiz.
Kommunikatsiya nuqtai nazaridan, biz ayni vaqtda "Pitsa - bu birlik" degan hissiy birlashishni targ'ib qilish uchun harakatdamiz, shuning uchun Bellissimo Pizza shiori - birlashish uchun sabab. Bu yana kategoriyani rivojlantirishdan kelib chiqqan va POD (point of difference), boshqa pizza uchun emas, balki umuman fastfud segmenti uchun.
—
🥷 @yangimark
Post #57
907
- 👍 11
- 🔥 2