TGViewer
Yangi Marketing Yangi Marketing @yangimark · 396 subscribers
Post #52 3.12K
Amerikaning mashxur pitseriyalar tarmog'i PAPA JOHNS O'zbekiston bozoriga kirmoqda

1984-yil AQShning Indiana shtatida asos solingan Papa Johns pitseriyalar tarmog'i poytaxtimizning naqd 6 ta manzilida o'z restoranlarini ochishni reja qilgan.

Hozirda dunyoning 45 davlatida 5,000 dan ortiq restoranlarga ega pitseriyalar tarmog'i O'zbekiston bozorida franshiza asosida ishlashi kutilmoqda.

Menimcha, KFC va Wendy'sdan keyinggi uchinchi yirik xalqaro brend O'zbekiston bozoriga kirmoqda. Qisqa vaqt ichida KFC sotuvlar bo'yicha EVOS'dan o'zib ketdi. Qiziq, Papa John's qanday natijalarga erisharkin? Sezayapaman, bizni Bellissimo Pizza va Papa John's o'rtasida qiziq va kuchli raqobat kutmoqda.

Umuman olganda raqobat - bu yaxshi. Eng kuchlisi va yaxshisi yutishi kerak. Pitseriyalar tarmog'i qancha ko'p bo'lsa, bozor ham yiriklasha boshlaydi (agar hozir kuniga 10,000 ta pitsa sotilayotgan bo'lsa, 3 yildan keyin Papa John's kabi o'yinchilarning sharofati bilan bu raqam 50,000 taga yetadi). Xalqaro brendlarning bozorga kirishi hamma uchun yaxshi, Bellissimo Pizza uchun ham (hozirgi holatidan yanada yuqoriga ko'tariladi va rivojlanadi).

Papa John's haqida gapiradigan bo'lsak, u yuqori sifatli ingredientlarni ishlatishga harakat qiladi, bu ularning sloganida ham ko'rsatilgan - "Better Ingredients, Better Pizza".
—
🥷 @yangimark
  • 👍 12
  • ❤ 4
  • 💩 2
More from @yangimark
  1. Jul 16, 2025✅ Marketing sohasiga qiziqasiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🚀 Zamonaviy instr…
  2. May 29, 2025⚠️ Agar siz bu ko‘nikmalarni o‘rganmasangiz, kelajakda aniq ish joyingizni yo‘qotasiz! 💼…
  3. May 28, 2025Osnova startapimiz uchun yangi marra — 1 kunda biz bir yil davomida erishgan natijamizdan…
  4. May 12, 2025Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish bo‘yi…
  5. May 2, 2025Freepik bo'yicha birinchi darsligim chiqish arafasida. Bu video darslik ko'rinishida.Osnov…
  6. Apr 22, 2025🎓 O‘z sohangizda ekspertmisiz va bilimlaringizni boshqalar bilan bo‘lishmoqchimisiz? 🤝 U…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →