TGViewer
Yangi Marketing Yangi Marketing @yangimark · 396 subscribers
Post #48 1.05K
Hammaga salom! Kanal ishlayotganiga bir necha kun bo'ldi, shu muddat ichida bizda allaqachon 1200 dan ortiq odam yeg'ildi. Kanalga qo'shilganingizdan juda xursandman. Siz bilan yaqinroq tanishmoqchiman, 2024-yilda bu kanal sahifalarida tez-tez ko'rishamiz deb o'ylayman.

Mening ismim Alisher Djumaniyazov, men ALPHA biznes maktabi hamasoschisi va We Digital marketing agentligi hamasoschisi bo'laman.

2013-yildan beri marketing va reklama bilan shug'ullanib kelmoqdaman. Shu paytgacha Samarqand Darvoza'da ishladim, MyTaxi servisini bozorga olib kirdim, Чайкоф kofeynyalar tarmog'ida marketing bilan shug'ullandim, Rock'n'Roll Media reklama agentligiga asos soldim va undan tashqari turli sohalarda 100+ loyihalar bilan ishladim.

Oxirgi 7 yil davomida men tadbirkorman – o‘zimni turli yo‘nalishlarda sinab ko‘rdim, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydim va bir vaqtning o‘zida ko‘p narsalarni o‘rgandim. ALPHAdan tashqari men va hamkorlarim bilan media-loyihalarni (RedPen, VOT/voice of Tashkent va Citizen jurnallari), kiyim-kechak brendlari Topchan va Tony, "Казан" oshpazlik maktabi, "Alif" til markazi hamda RawLife batonchiklarini distributsiyasi bilan shug'ullandik.

Men startaplar, biznes, marketing va kreativ, shahar hayoti va shahar boshqaruvi, O‘zbekiston kelajagi, odamlar, iqtisodiyot, jamiyat va tarixga qiziqaman. Va men odatda o'z postlarimni aynan shu mavzular haqida yozaman.

Keling endi siz o'zingiz haqingizda gapirasiz.
—
🥷 @yangimark
  • 👍 11
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
More from @yangimark
  1. Jul 16, 2025✅ Marketing sohasiga qiziqasiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🚀 Zamonaviy instr…
  2. May 29, 2025⚠️ Agar siz bu ko‘nikmalarni o‘rganmasangiz, kelajakda aniq ish joyingizni yo‘qotasiz! 💼…
  3. May 28, 2025Osnova startapimiz uchun yangi marra — 1 kunda biz bir yil davomida erishgan natijamizdan…
  4. May 12, 2025Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish bo‘yi…
  5. May 2, 2025Freepik bo'yicha birinchi darsligim chiqish arafasida. Bu video darslik ko'rinishida.Osnov…
  6. Apr 22, 2025🎓 O‘z sohangizda ekspertmisiz va bilimlaringizni boshqalar bilan bo‘lishmoqchimisiz? 🤝 U…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →