Yaqin Sharq bo'ylab roadtrip (Saudiya Arabistoni, 1-qism)
Arabiston yarimoroliga qilgan sayohatimdagi eng esda qolarli voqealar seriyami Saudiya Arabistonidan boshlamoqchiman. Bu biz tashrif buyurgan eng oxirgi davlat bo'lishiga qaramay (ungacha Qatar va BAAda bo'ldik) u meni hammasidan ko'proq hayratlantirdi.
Saudiya Arabistoniga Qatardan keyin avtomobilda tashrif buyurdik. Sahro bo'ylab 5 soatlik yo'ldan so'ng, Xobar shahriga yetib keldik (Saudiya Arabistonining sharqiy provinsiyasi). Birinchi taasurot shunday bo'ldiki biz huddi Toshkentga kelgandekmiz. Shahar biz avvalroq ko'rganlarimizdan juda farqli - bu Dubay va Abu Dabi emas, Doha ham emas. Shahar yashash uchun juda qulay, odam uchun moslashtirilgan.
Hammasidan ham ko'proq meni kofeynyalar hayratlantirdi - ularni shaharda yuzlab ko'rishingiz mumkin, qandaydir fenomen. Kechqurun soat 23:00 larda, biz eski shahardagi bir kofeynyaga kirdik, u yer odamlar bilan to'la edi, huddi 2019-yildagi Said Baraka'da joylashgan Чайкоф'ga kirgandek bo'ldim. Hamma mahalliy aholi, kap-katta ayollar va erkaklar, yoshlar. Hamma suhbatlashmoqda, noformal va hotirjam. Koeynya zamonaviy, o'ziga xos stilda, faqat kofe va desertlar sotar ekan, boshqa hech qanday taom yo'q.
Bir necha kundan keyin esa men shuni tushundim - kofeynyalar barlarning o'rniga alternativ ekan. Mamlakatda alkogol taqiqlangan. Ammo odamlar kommunikatsiya qilishni xohlashadi. Va shu payt kofeynyalar arenaga chiqmoqda, qayerki, odamlar do'stlari bilan ko'rishadi, oilasi bilan vaqt o'tkazadi va tanishadi. Va ularning hammasi har xil, yorqin, ijodkor, ajoyib. Biz hattoki o'yinlar mavjud bo'lgan kofeynyalarni ham uchratdik.
Kofeynyalarning katta qismini yoshlar ochishmoqda. Va aftidan, kofeynyalardan ko'rinib turiptiki yoshlar juda ijodkor va erkin (turli joylarga tashrif buyurish va turli odamlar bilan muloqot qilgandan so'ng menda xuddi shunday his-tuyg'ular paydo bo'ldi).
Umuman olganda, eng ajoyib va kreativ syurpriz men uchun bu Saudiya Arabistonidagi kofeynyalar bo'ldi - men uchun ular jamiyat va jamiyat qanday ekanligini aks ettiruvchi va Saudiya Arabistonining zamonaviy aholisi qanday yashashining ko'rsatkichi bo'ldi.
Saudiya Arabistonidagi hayot haqida yana nima deyishim mumkin? Men yana bir nechta eslatmalarni va meni eng ko'p hayratda qoldirgan narsalarni baham ko'rishni rejalashtirmoqdaman (kutishlar/haqiqat toifasidan).
—
🥷 @yangimark
Post #47
1.44K
- 🤯 7
- 👍 5