TGViewer
Webmakon | AI Webmakon | AI @webmakon · 2.6K subscribers
Post #3253 519
🏃 Salomatlikni saqlash uchun kuniga 10 000 qadam yurish tavsiyasi aslida marketing hiylasi bo‘lib, uni Yaponiyadagi ilk qadam o‘lchagich (pedometr) ixtirochilari o‘ylab topgan.

«Manpo-kei» qurilmasi 1965-yilda paydo bo‘lgan: u kamarga taqilgan, qadamlar esa soatdagidek millar orqali hisoblangan. Xo‘sh, nega aynan 10 ming? «Manpo-kei»ning «100 yoshgacha yashashni istasangiz — kuniga 10 000 qadam bosing!» degan esda qolarli shiori bor edi. Biroq bu shiorning o‘zi iyeroglifga moslashtirib to‘qilgan edi.

Gap shundaki, yaponcha 10 000 raqamini anglatuvchi iyeroglif (万 — Man) qadam tashlayotgan odam qiyofasiga o‘xshaydi. Butun marketing kampaniyasi ham aynan shunga asoslangan edi. «10 000» sonida hech qanday mo‘jizaviy xususiyat bo‘lmagan, shunchaki u yaxlit son bo‘lib, qadam o‘lchagich siferblatida hamda qurilma nomida chiroyli ko‘ringan.

Keyinchalik bu g‘oyani boshqa kompaniyalar ham ilib ketdi va bu raqam odamlar ongiga o‘rnashib qoldi. Bugungi kunda esa ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga 7–15 ming qadam bosish normal faollik hisoblanadi.

@webmakon
  • 👍 4
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @webmakon
  1. Oct 12, 2026Post #3255
  2. Oct 12, 2026Insoniyatning atigi 0,2 foizi sun’iy intellekt imkoniyatlarini haqiqatan ham tushunadi va…
  3. Oct 11, 2026⚡️ Claude Code Projects endi ko‘proq foydalanuvchilar uchun mavjud #Anthropic Claude Code…
  4. Oct 11, 20262026-yilda mobil o'yinlarni qanday reklama qilish kerak Mijozlarni jalb qilish xarajatlari…
  5. Oct 11, 2026🇰🇬 Qirg‘izistonlik 13 yoshli dasturchi va uning loyihasi Qirg‘izistonlik 13 yoshli Alhan…
  6. Oct 10, 2026🐍 Python’ning uzoq kutilgan yangi 3.15 versiyasi taqdim etildi Unga minglab dasturchilar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →