Unga minglab dasturchilar tomonidan kiritilgan 5643 ta kommit kiritildi.
Asosiy yangiliklar orasida:
✓ Standart holatda UTF-8.
✓ Tezroq ishlaydigan JIT-kompilyator — unumdorlik o‘rtacha 7–8% ga oshgan.
✓ lazy import — modul faqat ilk bor foydalanilgandagina yuklanadi va bu dasturning ishga tushishini tezlashtiradi.
✓ frozendict — yaratilganidan so‘ng elementlarini o‘zgartirib bo‘lmaydigan ichki lug‘at.
✓ sentinel — «argument uzatilmadi» holatini uzatilgan None’dan farqlash imkonini beruvchi unikal qiymat.
✓ Kiritmalar (comprehensions) ichida yoyish (unpacking) — endi ro‘yxat va lug‘atlarni yanada qisqaroq usulda birlashtirish mumkin: [*group for group in groups].
✓ Tachyon — kodni o‘zgartirmagan holda dastur eng ko‘p vaqtni qayerda sarflayotganini aniqlashga yordam beruvchi yangi profillagich (profiler).
@webmakon
