Insoniyatning atigi 0,2 foizi sun’iy intellekt imkoniyatlarini haqiqatan ham tushunadi va ulardan ish jarayonida foydalanadi — Andrey Karpati
Vaybkoding asoschisi hatto sun’iy intellektdan xabardorlik va undan foydalanish darajasiga qarab odamlarni to‘rt toifaga ajratdi:
🟢 75%, ya’ni qariyb 6 milliard kishi til modellari bilan deyarli to‘qnash kelmagan va bu mavzudan umuman bexabar;
🟢 20% ba’zan bepul chat-botlardan foydalanib turadi va ularni ko‘proq mukammallashtirilgan Google deb biladi;
🟢 0,2%, ya’ni 20 millionga yaqin kishi dasturlash va matematikada ilg‘or modellardan professional darajada foydalanadi. Ular agentlar haftalar va oylab vaqt oladigan ishlarni bittagina so‘rov bilan qanday bajarayotganini allaqachon ko‘rmoqda;
🟢 0,00006% yoki taxminan 5000 kishi eng kuchli ichki sun’iy intellekt tizimlariga kirish imkoniyatiga ega. Ular murakkab loyihalar ustida birgalikda ishlash uchun minglab agentlarni ishga tushiradi, zaifliklarni izlaydi va ilmiy kashfiyotlar qilishga hissa qo‘shadi.
@webmakon
Post #3254
533

- 👍 5
- 🔥 3
- ❤ 1