TGViewer
Vohid Karimov Vohid Karimov @vovopapcom · 5.66K subscribers
Post #471 5.5K
Principle #3: Tashabbus ko’rsating

Ko’p dasturchilar orasida noto’g’ri tushuncha bor: proyektda “kattalar” bor va ular bizga nima qilishni aytishadi chunki hamma narsani bilishadi. Bir sirni aytaman, hech kim nima qilayotganini 100% bilmaydi. Siz kabi o’sha “kattalar" ham ularda bor malumotga tayanib qaror qilishadi.

Shunday ekan, sizga nima qilishni aytishlarini kutmang. Kompaniyangiz va komandangiz maqsadlariga ko’zingizni kattaroq oching, so’rang/surushtiring, va tashabbus ko’rsating. Menejer va team leadlarga bu juda yoqadi chunki siz ularni ishini yengil qilyapsiz va ko’proq masuliyat olyapsiz.

Googleda shunday gap bor: Keyingi level promotionini olish uchun, keyingli levelda ijro etish kerak. Yani, sizga senior lavozimi berilishi uchun siz mid-level lavozimida seniordek ishlashingiz kerak. Tashabbus ko'rsatib mustaqil ish oborish esa keyingi levelda ishlash degani.

Albatta tashabbus ko’rsatish bu quruq gap emas. Uni qilaylik buni qilaylik bilan ish bitmaydi. Bu qattiq mehnat — ko’tti qo’yib o’sha ishni qilish kerak! 🍑🪑🚀

#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
  • 👍 89
  • 😁 41
  • ⚡ 9
  • 🔥 5
  • ❤ 2
  • 🕊 1
  • 🐳 1
More from @vovopapcom
  1. Oct 7, 2026Google Japan'ning Gboard jamoasi olamshumul yangi klaviatura ixtiro qilishibdi. Ular bunda…
  2. Oct 7, 2026Engineers who prompt agents over voice be like...
  3. Oct 1, 2026FAANG orzusi/rejasida yurganlar bormi? Sizlar uchun yangilik, yil oxiri Nov-Dec larda meni…
  4. Sep 29, 2026photo post
  5. Sep 29, 2026Bir oydan beri ishda oqimga kirish uchun fonda "3-hour study with me" videosini eshityapma…
  6. Sep 28, 2026O'zbek wordle o'yinini qurishibdi baraka topgurlar. Sal addicted bo'lib qoldim, "ahir o'zb…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →