FAANG interviewlarga tayyorlanayotgan vaqtlarimda (2021), Darhonbek bilan umuman tanish emas edim, faqat Uberda ishlashlarini bilar edim.
Ularda referral so'rab yozganimda, mendan o'zlarini referral formalarini to'ldirishimni so'ragandilar. Men sal hayron bo'lganman, lekin g’ururni ichimga yutib formadagi hamma savollarga to'liq javob berib chiqqanman.
Jiddiy ekanligimni ko'rib, menga nafaqat referral berganlar, balki men uchun bir soat vaqtlarini ajratib behavioral mock interview qilganlar. Mock interview katta yordam bergan.
Darhonbekga nima foyda menga yordam berib?
1. Referral bonus. Agar siz meni referralim orqali topshirib ishga qabul qilinsangiz, menga bonus puli berishadi.
2. Networking. Kuchli hard working odamlar bilan aloqada bo'lish long termda katta foydasi bo'ladi. Referral bonus pulidan ham ziyod bo'lishi mumkin.
Lesson: Referral so’rashdan hech xijolat qilmang. Bu win-win situatsiya.
#Google #Googler #FAANG #FAANGPrep #Interviews #InterviewPrep #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT #StoryTime
Post #275
3.04K
- 👍 74
- 🔥 20
- 💯 3
- 👎 1
- 👌 1