TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 152K subscribers
Post #10304 48.5K
❗️Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati oʻqituvchilari uchun toifa testlari yangi tartibda oʻtkaziladi

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun:

🔹birinchi bosqichda – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagogning mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5) boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi (40 test savoli 1 baldan jami 40 ball);

🔹ikkinchi bosqichda – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun:

🔹birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);

🔹ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tashkil etiladigan amaliy (ijodiy) imtihon (4 ta topshiriq 20+15+15+10 jami 60 ball shaklida oʻtkaziladi).

Xabar berganimizdek, joriy yilning 25-oktyabr kuni umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun toifa testlari oʻtkaziladi. Bu attestatsiyaning birinchi bosqichi boʻlib, mazkur bosqichda pedagoglarga jami 40 ta (mutaxasisslik boʻyicha 35 ta + kasbiy standartlar boʻyicha 5 ta) test savoli beriladi.

📌Jismoniy tarbiya va musiqaga madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi, yaʼni amaliy (ijodiy) sinovlari keyingi kunlarda oʻtkaziladi.

Tez kunlarda jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi oʻtkazish jadvali ham eʼlon qilinadi.

📆Ma’lumot uchun, jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichi boshqa-boshqa sanalarda oʻtkaziladi.

Attestatsiya bo‘yicha yangi diagnostik testlar: 👉@uztditestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 13, 2026Olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar, talabalar, o‘quvchilar, texnologik kompaniyalar, ishl…
  2. Oct 13, 2026📚 “Milliy kitobxonlik harakati”da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni o‘qish kerak? “Mi…
  3. Oct 12, 2026Ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat org…
  4. Oct 12, 2026“Eng ishongan kadrimni olib kelib, taʼlim vaziri qildim” — Shavkat Mirziyoyev nega Erkinjo…
  5. Oct 12, 2026🧪Kimyo fani o‘qituvchilari uchun onlayn musobaqa 🔹 Sinovtest ilovasida o‘qituvchilar uch…
  6. Oct 12, 2026Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘z…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →