2026-yil 5-oktabr kuni Toshkent shahrida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, IFC va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining «Kapital bozori to‘g‘risida»gi yangi Qonuniga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak kapital bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan asosiy o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
"Biz O‘zbekiston Respublikasi kapital bozoriga jahon hamjamiyati tomonidan qiziqish mavjudligini aniq ko‘rib turibmiz. Shu bilan birga, investorlar tushunarli va aniq qonunchilik bazasini hamda o‘z investitsiyalarining ishonchli himoyasini ko‘rishni istashini tushunamiz. Shu bois, birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma’qullangan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi kapital bozorimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun zarur huquqiy asosni yaratadi, deb umid qilamiz."
🎞Batafsil — videoda.
🌐 Рус | Eng
Kanalga a'zo bo'lish 👈
Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin