📊 2026-yil sentyabr oyi savdo hajmlari: tarmoqlar kesimida
2026-yil sentyabr oyida “Toshkent” Respublika fond birjasining birja kotirovkalash varag‘ida iqtisodiyotning 14 ta turli tarmog‘i vakillarining qimmatli qog‘ozlari bilan umumiy qiymati 2 336,47 mlrd so‘m bo‘lgan 198 106 ta bitim tuzildi.
Bitimlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bank sektorida qayd etilib, 71 451 ta bitim amalga oshirildi. Undan keyingi o‘rinlarda sug‘urta sektori (34 589 ta bitim) hamda moliyaviy xizmatlar sektori (27 316 ta bitim) joy oldi.
Savdo hajmi bo‘yicha ham bank sektori yetakchilik qildi. Mazkur sektorning ulushi 74,03 foizni yoki 1 729,79 mlrd so‘mni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda moliyaviy xizmatlar sektori — 24,14 foiz (564,06 mlrd so‘m) va boshqa tarmoqlar — 0,69 foiz (16,13 mlrd so‘m) qayd etildi. Ushbu uch yo‘nalishning jami ulushi umumiy savdo hajmining 98,87 foizini tashkil etdi.
Eng past ko‘rsatkichlar lizing sektorida qayd etilib, ushbu tarmoqda umumiy qiymati 13,71 mln so‘m bo‘lgan 404 ta bitim tuzildi.
🌐 Рус | Eng
Kanalga a'zo bo'lish 👈
Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
Post #6580
310

- 👍 2