❗️"Surxondaryo Vaqt” MChJ investitsiya vositachisi sifatida kapital bozoridagi faoliyatini to‘xtatdi
“Surxondaryo Vaqt” MChJning 2026-yil 1-oktabrdagi 2-sonli ishtirokchilar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, jamiyat qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatganligi to‘g‘risida “Toshkent” Respublika fond birjasiga murojaat kelib tushganligini ma’lum qilamiz.
Murojaatda jamiyatda qimmatli qog‘ozlari hisobga olinayotgan mijozlar 2026-yil 16-oktabrga qadar o‘z qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘larini o‘zlari tanlagan boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkazishlari mumkinligi bildirilgan.
Shuningdek, belgilangan muddatga qadar murojaat qilmagan deponentlarning qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJdagi deponentlar talab qilib olguniga qadar saqlanadigan vaqtinchalik hisobvaraqlarga o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
📍Murojaat uchun manzil: Termiz shahri, I. Karimov ko‘chasi, 84-uy.
📞Telefonlar: 91 587 50 00, 91 231 11 31.
🌐 Рус | Eng
Kanalga a'zo bo'lish 👈
Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
Post #6578
523

- ❤ 1
- 👍 1