❗️“Toshkent” Respublika fond birjasida navbatdagi yangi valyuta obligatsiyalari savdoga chiqarildi
“Toshkent” Respublika fond birjasida chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalar qatori kengaymoqda.
Birja kotirovkalash varag‘iga yana ikki emitent “AGAT CREDIT” AJ MMT hamda “UB ASSETS HOLDING” MChJ XKning AQSh dollarida ifodalangan korporativ obligatsiyalari kiritildi.
6-oktabrdan mazkur obligatsiyalar bo‘yicha Birjada savdolar amalga oshirilishi mumkin.
✅“AGAT CREDIT” AJ MMT obligatsiyalari:
🔵 chiqarilish hajmi — 10 mln AQSh dollari;
🔵 obligatsiyalar soni — 100 ming dona;
🔵 nominal qiymati — 100 AQSh dollari;
🔵 kupon stavkasi — yillik 11,5%;
🔵 kupon to‘lovlari — har oyda;
🔵 muomala muddati — 730 kun;
🔵 qimmatli qog‘oz kodi — UZ6058977AF7;
🔵 tiker — ACMT2B1U.
✅ “UB ASSETS HOLDING” MChJ XK obligatsiyalari:
🔵 chiqarilish hajmi — 50 mln AQSh dollari;
🔵 obligatsiyalar soni — 1 000 dona;
🔵 nominal qiymati — 50 ming AQSh dollari;
🔵 kupon stavkasi — yillik 8,5%;
🔵 kupon to‘lovlari — har 90 kunda;
🔵 muomala muddati — 1 080 kun;
🔵 qimmatli qog‘oz kodi — UZ6059497AA6;
🔵 tiker — UASH3B1U.
Mazkur ikki obligatsiya chiqarilishining umumiy hajmi 60 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Bugundan Birjada mazkur obligatsiyalar bo‘yicha savdolar boshlandi.
🌐 Рус | Eng
Kanalga a'zo bo'lish 👈
Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
Post #6558
981
- ❤ 2
- 👍 1