TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22K subscribers
Post #104966 913
O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida tashkil etilgan milliy taomlar festivaliga tashrif buyurdi.

Festivalda to‘qqiz mamlakat – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning pazandachilik anʼanalari namoyish etildi.

O‘zbekiston stendida mehmonlar yurtimizning turli hududlariga xos non va pishiriqlar, qandolat mahsulotlari hamda quritilgan mevalar bilan tanishdilar. Oshpazlar somsaning bir necha turini, shuningdek, shivit oshi va tuxumbarak kabi Xorazm taomlarini tayyorlash, non yopish jarayonlarini namoyish etishdi. O‘zbek palovining turli xillari va boshqa milliy taomlar ham mehmonlar eʼtiboriga havola qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 45
  • ❤ 10
  • 🔥 9
More from @uzreport_uz
  1. Oct 8, 2026Olise uchun gigantlar jangi: “Liverpul”mi yoki “Real”? 🔥⚽️ “Liverpul” va “Real Madrid” “B…
  2. Oct 8, 2026“O‘zbekiston Got Talent” jahon media vakillari nigohida “O‘zbekiston Got Talent” iste‘dodl…
  3. Oct 8, 2026Ronaldu 6 oyga futboldan chetlatilishi mumkinmi? 😱⚽️ Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma…
  4. Oct 8, 2026Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiri…
  5. Oct 8, 2026Toshkent shahar IIBB va UzReport TV "Navbatchilik qismi" ko‘rsatuvini taqdim etadi Juma so…
  6. Oct 8, 2026Adabiyot boʻyicha 2026-yilgi Nobel mukofoti kanadalik zamonaviy adabiyotning yangi shaklla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →