Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
8-oktabr kuni Avazadagi tadbirlar doirasida Prezident Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston – Armaniston ko‘p qirrali munosabatlarini yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #104961
2.49K



- 👍 45
- ❤ 12
- 🔥 8