Aichi-Nagoya 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari qatnashchilari O'zbekistonga qaytdi
Bugun, 5-oktabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlaridan zafar quchib qaytgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi vatanga qaytdi.
Sportchilar umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallab, yuqori natijani qayd etishdi. Terma jamoa xazinasida 70 ta medal: 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza. Boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika, sport gimnastikasi va boshqa sport turlaridagi yorqin chiqishlar o‘zbek sport maktabining kuchi va metin irodasini butun dunyoga yana bir bor isbotladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #104850
1.97K




- ❤ 2