Farg'onada Damas haydovchisi "Katta Farg‘ona" kanaliga tushib ketdi
Kuni kecha, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qo'shtepa tumani "Langar" MFY Mirobod ko'chasidan oqib o‘tgan "Katta Farg'ona" kanaliga "Damas" rusumli avtomobil boshqaruvni yo'qotishi oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Unga asosan viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olishgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #104886
1.43K

- ❤ 2