TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.1K subscribers
Post #104848 608
Prezident matbuot kotibi ikki vazirlikni birlashtirishdan koʻzlangan maqsad haqida maʼlumot berdi

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov
ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmuni yuzasidan tushuntirish berdi.

“Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan koʻzlagan asosiy gʻoyasi quyidagilardan iborat:

– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;

– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;

– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;

– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.”, deya maʼlum qildi Sherzod Asadov.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 42
  • 🔥 9
  • ❤ 1
More from @uzreport_uz
  1. Oct 4, 2026Prezident Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekan,…
  2. Oct 4, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov…
  3. Oct 4, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekisto…
  4. Oct 4, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich…
  5. Oct 3, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirl…
  6. Oct 3, 2026O‘zbekistonda pulli yo‘llar davri boshlanmoqda: Adliya vazirligi vaqtinchalik nizomni tasd…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →