TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.1K subscribers
Post #104847 1.28K
Prezident Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekan, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.

Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 47
  • 🔥 9
  • ❤ 1
More from @uzreport_uz
  1. Oct 4, 2026Prezident matbuot kotibi ikki vazirlikni birlashtirishdan koʻzlangan maqsad haqida maʼlumo…
  2. Oct 4, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov…
  3. Oct 4, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekisto…
  4. Oct 4, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich…
  5. Oct 3, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirl…
  6. Oct 3, 2026O‘zbekistonda pulli yo‘llar davri boshlanmoqda: Adliya vazirligi vaqtinchalik nizomni tasd…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →