Bugun 🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi, 🚉“Toshkent MTU” Filiali, Biznes-ombudsman devonining Toshkent shahar sho‘basi rahbariyati va qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbikorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
50 dan ziyod tadbirkorlik subekti vakillari qatnashgan ushbu tadbirda, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi muammolar, bojxona to‘lovlari, rasmiylashtiruv jarayonlari kabi 20 dan ortiq masala muhokama qilindi.
Temir yo‘l orqali yuk tashishda vagonlar etkazib berish, tranzit yuklarni olib kelish jarayonlarini soddalashtirish, bundan tashqari, sanitariya talablari, tegishli sertifikatlarni olish, elektron tizimlardan foydalanish masalalari bo‘yicha tadbirkorlarning takliflari tinglandi.
Bildirilgan murojaat va takliflarni ko‘rib chiqib, muammolarni hal etish va masʼul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram



