Harakat xavfsizligi kuni «Neftchilar – Quva» peregonida oʻtkazildi
Temir yoʻllarda harakat xavfsizligini ta'minlash hamda mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida «Harakat xavfsizligi kuni» doirasida keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur tadbir jarayonida Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi B.P.Milladjanov mas'ullar va soha xodimlari bilan birgalikda «Neftchilar – Quva» peregoniga chiqib, barcha xoʻjaliklar boʻyicha tekshiruv va koʻzdan kechirish ishlarini amalga oshirdi.
Temir yoʻl izlari, xoʻjalik obyektlari va bajarilayotgan ta'mirlash-sozlash jarayonlari yaqindan oʻrganilib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi qattiq nazoratga olindi.
Post #17423
3.09K


