TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ

@uzrailways_uz

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.net/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://t.me/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050
Subscribers
12K
Photos
15.1K
Videos
655
Links
4K
Recent Posts 10 shown
Post #17298 931

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Andijonning transport va logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar belgilandi.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li hisobiga yuk tashish hajmini 10 karra oshirib, yiliga 15 million tonnaga yetkazish imkoni paydo bo‘ladi.

Shu munosabat bilan yil yakunigacha Qo‘rg‘ontepa va Xonoboddagi 300 gektar maydonda 600 million dollarlik logistika kompleksi loyihasini boshlash topshirildi.

Qirg‘iziston bilan “Do‘stlik” postiga nisbatan ikki barobar katta “Keskanyor” chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Uch oyda uning loyihasini ishlab chiqib, qurilishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Bu yuk tashish hajmini 2-3 karra oshirish va muddatini bir haftaga qisqartirishga xizmat qiladi.

Yangi transport oqimiga mos ravishda 78 kilometrli “Xonobod – Andijon” pulli avtomobil yo‘lini loyihalashga kirishiladi.

Shu oydan “Toshkent – Andijon” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 6 soatdan 4 soatga qisqardi. Kelgusi yil “Toshkent – Andijon” pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi.

Facebook|Instagram|X
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #17297 1.14K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida qolgan 13 ta hudud uchun ham loyihalar menejeri lavozimlari joriy etilishi belgilandi.

Andijondagi loyihalar menejeri viloyatning yangi investitsiya modelini yaratishga mas’ul bo‘ladi.

Bu jarayonda har bir tumanning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari sun’iy intellekt yordamida baholanadi. Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoni bo‘lgan sohalar aniqlanib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish rejasi ishlab chiqiladi.

Aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori 104 ta korxona faoliyatini kengaytirish orqali qo‘shimcha 20-30 ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyihalar tayyorlanadi. Aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 4 ta korxonada texnologik modernizatsiya hisobiga qo‘shilgan qiymatni 40-50 foizga ko‘paytirish choralari ko‘riladi.

Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
Post #17296 1.12K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik bo‘yicha shakllangan 30 yillik tajriba asosida o‘z texnologiyalarini yaratishga o‘tish vazifasi qo‘yildi.

Shu maqsadda “Asaka muhandislik vodiysi”ni tashkil etib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari zanjirini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Viloyatda muhandislik, energetika, sanoat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida 10 ming talaba tahsil olmoqda. Ularning g‘oyalarini tayyor mahsulotga aylantiradigan tadqiqot va ishlanmalar markazlarini rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

To‘qimachilikda ham mavjud quvvatlardan yuqori samara bilan foydalanish imkoniyatlari bor. Yevropadan dizayner, konstruktor va brendlarni jalb qilib, qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish orqali soha eksportini 1,5 milliard dollardan oshirish mumkinligi qayd etildi.

Endi viloyatda investitsiya natijadorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilgan qo‘shilgan qiymat bilan baholanishi belgilandi.

Facebook|Instagram|X
Post #17295 1.07K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Yig‘ilishda investitsiyalarning hajmi bilan birga sifati, tarkibi va iqtisodiyotga beradigan samarasiga alohida e’tibor qaratildi.

Yaqinda sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydon Andijonda 7 milliard dollar investitsiya va kamida 70 ming yuqori daromadli ish o‘rniga aylanishi kerakligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, joriy yilga rejalashtirilgan 3,5 milliard dollar investitsiyaning mamlakatlar va tarmoqlar bo‘yicha tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani qayd etildi.

Axborot texnologiyalari xizmatlari eksporti va malakali kadrlar mavjud bo‘lsa-da, sohaning texnologik bazasini mustahkamlashga investitsiyalar yetarli yo‘naltirilmayapti.

Davlatimiz rahbari sarmoyalarni yuqori qo‘shilgan qiymat, zamonaviy texnologiya va barqaror ish o‘rinlari yaratadigan yo‘nalishlarga jalb qilish zarurligini ta’kidladi.

Facebook|Instagram|X
  • ⚡ 2
Post #17294 292

Forwarded from “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

🚆 Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va poyezdlar harakatini yanada maqbullashtirish maqsadida 2026-yil oktabr oyidan boshlab Toshkent — Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida qatnovchi qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.

2026-yil 1-oktabrdan boshlab 730/729-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” elektropoyezdi yangilangan jadval asosida harakatlanadi.

📍 730-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1
Toshkent-Yo‘lovchi — 07:20
Pop — 09:56–09:59
Qo‘qon — 10:26–10:29
Marg‘ilon — 11:02–11:05
Andijon-1 — 11:42

📍 729-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi
Andijon-1 — 15:33
Marg‘ilon — 16:10–16:13
Qo‘qon — 16:45–16:48
Pop — 17:16–17:18
Toshkent-Yo‘lovchi — 19:55

🔹 732-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1
1-oktabrdan: Toshkent — 17:50, Andijon — 23:53.

🔹 731-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi
1-oktabrdan: Andijon — 06:50, Toshkent — 13:07.

🔹 734/92-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1
4-oktabrdan: Toshkent — 17:50, Andijon — 00:34.
Poyezd Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Namangan va boshqa bekatlar orqali harakatlanadi.

🔹 733-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi
5-oktabrdan: Andijon — 06:03, Toshkent — 13:07.

🔹 91-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi
6-oktabrdan: Andijon — 18:40, Toshkent — 01:24.

🔹 98/94-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1
3-oktabrdan: Toshkent — 08:10, Andijon — 14:39.

🔹 93-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi
3-oktabrdan: Andijon — 16:40, Toshkent — 22:27.

🔹 95/97-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi
1-oktabrdan: Andijon — 17:30, Toshkent — 00:11.

🔹 96-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1
7-oktabrdan: Toshkent — 04:55, Andijon — 11:30.

Shuningdek, quyidagi uzoq masofali yo‘lovchi poyezdlarining Toshkent — Andijon oralig‘idagi harakat jadvaliga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi:

🔹 126/125-sonli Xiva/Urganch — Andijon-1
30-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanadi. 1-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 06:18, Andijon-1 bekatiga — 12:59.

🔹 125/126-sonli Andijon-1 — Xiva/Urganch
1-oktabrdan: Andijon — 15:50, Toshkent-Janubiy — 21:45. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🔹 127/128-sonli Andijon-1 — Qo‘ng‘irot
3-oktabrdan: Andijon — 17:30, Toshkent-Janubiy — 00:11. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida.

🔹 128/127-sonli Qo‘ng‘irot — Andijon-1
1-oktabrdan yangilangan jadval asosida. 2-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 06:18, Andijon-1 bekatiga — 14:01.

🔹 129/130-sonli Andijon-1 — Termiz
2-oktabrdan: Andijon — 16:40, Toshkent-Janubiy — 22:27. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida.

🔹 130/129-sonli Termiz — Andijon-1
30-sentabrdan yangilangan jadval asosida. 1-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 08:10, Andijon-1 bekatiga — 14:03.

Mahalliy yo‘nalishlarda ham ayrim qatnovlar jadvali yangilanadi:

🔹 6312-sonli Qo‘qon — Andijon
1-oktabrdan: Qo‘qon — 06:05, Andijon — 08:46.

🔹 7091-sonli Qo‘qon — Namangan — Andijon — Qo‘qon
1-oktabrdan: Qo‘qon — 05:10, Namangan — 07:31, Andijon — 10:53. Andijondan qaytish — 11:00, Qo‘qonga yetib borish — 13:43.

🎫 Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda poyezdlarning yangilangan harakat jadvaliga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
Post #17290 1.41K

Forwarded from "TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

QUMQO‘RG‘ON – QUDUQLI TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i G'.O.Mamadaliyevning 2026-yil 8-sentabrdagi 74-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on - Quduqli temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.

Filial boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda:
💬temir yo‘l izlari va uning texnik holati;
💬 strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi;
💬 sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati;
💬 temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi;
💬 signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati;
💬 yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati;
💬 kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|
  • ❤ 1
Post #17286 1.48K

Forwarded from "Toshkent MTU" Filiali Rasmiy kanali

TOSHKENT-ANGREN YO‘NALISHIDAGI TEMIRYO‘L UCHASTKALARIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI


22-sentabr kuni “Toshkent MTU” Filiali rahbariyati boshchiligida 🌍Toshkent-Angren temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Unda kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, ko‘rik davomida stansiya boshliqlari, navbatchilari, yo‘l, aloqa, energiya taʼminoti korxonalari xodimlarining bilim va tajribasini yanada oshirish maqsadida suhbatlar ham o‘tkazildi.
Filial rahbariyati tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlashni yanada kuchaytirish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.


👍👍👍👍👍👍

Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
  • 👍 3
Post #17282 1.56K

Forwarded from "Toshkent MTU" Filiali Rasmiy kanali

SHOXOBCHA TEMIR YO‘LLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDA
 👍👍👍👍👍👍
 “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i O.Xudoyqulov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzelning 10 ga yaqin stansiyasida o‘tkazilgan kuzgi ko‘rikda, mavjud shoxobcha temir yo‘llari ham ko‘zdan kechirildi.
 Ishchi guruh, uzel tarkibidagi yirik stansiyalardan biri Toshkent yuk stansiyasida bo‘lganda, korxonalarga qarashli ayrim shoxobcha temir yo‘llarni o‘rganib, harakat xavfsizligini taʼminlashga to‘siq bo‘ladigan kamchiliklarni aniqladi. Uzel boshlig‘i tomonidan Salar temir yo‘l masofasi korxonasi hamda stansiya rahbariyatiga, doimiy ravishda shaxobcha temir yo‘llarini nazorat qilib borish, kamchiliklarni bartaraf qilish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, boshqa stansiyalarda ham kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati ko‘zdan kechirildi.


 Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
Post #17278 1.54K

Forwarded from UTK | O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER | Yangiliklar

YANGI KONTEYNERLAR EKSPORT TASHUVLARI IMKONIYATINI KENGAYTIRADI

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan xarid qilingan yangi 40 futlik HC (High Cube) konteynerlarining dastlabki partiyasi yuk ortilgan holda O‘zbekistonga yetib keldi.

Yangi konteynerlar jamiyatning konteyner parkini kengaytirish, eksport-import va tranzit tashuvlari hajmini oshirishga xizmat qiladi. Kelgusi besh yilda konteyner parkini qo‘shimcha 2 000 taga kengaytirish rejalashtirilgan. Konteynerlar O‘zbekiston–Xitoy, O‘zbekiston–Yevropa yo‘nalishlari, CASCA+ koridori va boshqa xalqaro yo‘nalishlarda qo‘llaniladi.

Konteyner va vagon parkining kengayishi kompaniyaning hududlardagi eksportyorlarga yukni jo‘natishga tayyorlashdan tortib, uni manzilga yetkazishgacha bo‘lgan kompleks transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, viloyatlardan eksport yuklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro yo‘nalishlarga jo‘natish imkoniyatlarini kengaytiradi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ konteyner tashuvlarini rivojlantirish hamda eksportyorlarga qulay va samarali logistika xizmatlarini taqdim etish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.

〰️〰️〰️

НОВЫЕ КОНТЕЙНЕРЫ РАСШИРЯТ ВОЗМОЖНОСТИ ЭКСПОРТНЫХ ПЕРЕВОЗОК

В Узбекистан прибыла первая партия новых 40-футовых контейнеров HC (High Cube) с грузом, приобретённых АО «Узтемирйулконтейнер».

Новые контейнеры будут способствовать расширению контейнерного парка Общества, а также увеличению объёмов экспортно-импортных и транзитных перевозок. В течение ближайших пяти лет планируется дополнительно увеличить контейнерный парк на 2 000 единиц. Контейнеры будут использоваться на направлениях Узбекистан–Китай, Узбекистан–Европа, по коридору CASCA+, а также на других международных маршрутах.

Расширение парка контейнеров и вагонов позволит Обществу предоставлять комплексные транспортно-логистические услуги — от подготовки грузов экспортеров в регионах к отправке до их доставки в пункт назначения. Это, в свою очередь, расширит возможности прямой отправки экспортных грузов из регионов по международным направлениям.

АО «Узтемирйулконтейнер» продолжит последовательную работу по развитию контейнерных перевозок и предоставлению экспортерам удобных и эффективных логистических услуг.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 😎LinkedIn
  • 👍 4
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @uzrailways_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ have?
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ (@uzrailways_uz) has 12K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →