“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda Mustaqillik bayrami ma’ruzasiga bag‘ishlangan o’quv-seminar o‘tkazildi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faollar zalida tizim tasarrufidagi korxona va tashkilotlar xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqining mazmun-mohiyati hamda unda ilgari surilgan ijtimoiy-ma’naviy tashabbuslarning ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Tadbirlarda temir yo‘l tizimining markaziy apparati, boshqarma va direksiyalaridan 150 nafardan ortiq mas’ul rahbar va xodimlar bevosita, respublika bo‘ylab 166 ta korxona va tashkilot vakillari esa videokonferensaloqa rejimi orqali ishtirok etdilar. Seminarni Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Mavlonov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarning dolzarbligiga to‘xtaldi.
So’ng Falsafa fanlari doktori, professor Jaloliddin Yusupov o‘z chiqishida davlatimiz rahbari nutqining asosiy g‘oyasi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” tamoyili atrofiga birlashish ekanligini ta’kidladi. Qayd etilganidek, davlatchilik ildizlarimiz uch ming yillik tarixga ega bo‘lib, istiqlol xalqimizga o‘zligi, tili va milliy qadriyatlarini qaytarib bergan eng oliy ne’matdir.
Seminar davomida so‘nggi o‘n yillikdagi islohotlar sarhisobi hamda kelgusi o‘n yillikka mo‘ljallangan 7 ta milliy dasturning ustuvor yo‘nalishlari atroflicha tahlil qilindi. Dasturlar ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, ekologiya va suv resurslarini boshqarish, qonun ustuvorligi, mahalla institutini rivojlantirish hamda xavfsizlik va xalqaro hamkorlik sohalarini qamrab oladi.
O’quv-seminarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda har bir xodimdan o‘z mas’uliyatini chuqur his etish, sohaga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha umummilliy harakatlarda faol qatnashish talab etilishi alohida ko‘rsatib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan...” nomli maxsus videolavha namoyish etildi.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
Post #17416
8.38K




- 🔥 5
- ❤ 2