TGViewer
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ @uzrailways_uz · 12K subscribers
Post #17410 2.94K

Forwarded from UTK | O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER | Yangiliklar

CASCA+ XALQARO YO‘NALISHINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 7-8 oktabr kunlari Toshkent shahrida CASCA+ xalqaro multimodal yo‘nalishini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining navbatdagi olti tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish, CASCA+ yo‘nalishining raqobatbardoshligini oshirish, ishtirokchi davlatlarning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish hamda ular o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar CASCA+ yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashuvlarning bugungi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, yo‘nalish bo‘yicha yuk oqimlarini ko‘paytirish, refrijerator konteynerlarda yuk tashish uchun raqobatbardosh tarif shartlarini joriy etish, marshrut bo‘ylab fiting platformalarni muntazam ravishda taqdim etish, shuningdek, portlarda konteynerlarning ortiqcha turib qolish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temir yo‘l ma’muriyatlari tomonidan erishilgan kelishuvlar va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi olti tomonlama Bayonnoma imzolandi.

〰️〰️〰️

ОБСУЖДЕНЫ ВОПРОСЫ ВЫВЕДЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО МАРШРУТА CASCA+ НА НОВЫЙ УРОВЕНЬ РАЗВИТИЯ

7-8 октября текущего года в Ташкенте состоялась очередная шестисторонняя встреча руководителей железнодорожных администраций Кыргызстана, Узбекистана, Туркменистана, Азербайджана, Грузии и Турции, посвящённая вопросам дальнейшего развития международного мультимодального маршрута CASCA+.

Основной целью встречи стало развитие международных грузовых перевозок между Азией и Европой, повышение конкурентоспособности маршрута CASCA+, эффективное использование транзитного потенциала стран-участниц, а также дальнейшее укрепление транспортно-логистического сотрудничества между ними.

В ходе встречи стороны всесторонне обсудили текущее состояние и перспективы развития грузовых перевозок по маршруту CASCA+. Особое внимание было уделено вопросам увеличения грузопотоков, внедрения конкурентоспособных тарифных условий для перевозки грузов в рефрижераторных контейнерах, обеспечения регулярного предоставления фитинговых платформ на всём протяжении маршрута, а также предотвращения длительных простоев контейнеров в портах.

По итогам встречи железнодорожными администрациями Кыргызстана, Узбекистана, Туркменистана, Азербайджана, Грузии и Турции был подписан шестисторонний Протокол, закрепляющий достигнутые договорённости и определяющий приоритетные направления дальнейшего сотрудничества.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 😎LinkedIn
  • ❤ 6
More from @uzrailways_uz
  1. Oct 13, 2026“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda Mustaqillik bayrami ma’ruzasiga bag‘ishlangan o’quv-semi…
  2. Oct 9, 2026POYEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MUHIM VAZIFA 9-oktabr kuni “Toshkent MTU” Filia…
  3. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisid…
  4. Oct 8, 2026Post #17409
  5. Oct 8, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkiz…
  6. Oct 8, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkiz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →