TGViewer
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ @uzrailways_uz · 12K subscribers
Post #11705 4.02K

Forwarded from UTK | O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER | Yangiliklar

“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ XITOYDAN O’ZBEKISTONGA DENGIZ ORQALI MULTIMODAL TASHUVLARNI RIVOJLANTIRADI

Joriy yilning 20 may kuni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi M.K. Mirxamidov hamda Xitoyning “VOSTOSUN GROUP UC” kompaniyasi bosh direktori Gao Vey Hua o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“VOSTOSUN GROUP UC” kompaniyasi qurilish, yo‘l va sanoat loyihalari uchun markazlashtirilgan ta’minot yechimlarini taqdim etuvchi kompaniya bo'lib, Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilari, ilmiy tadqiqot markazlari va xalqaro moliyaviy tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi. Kompaniya shuningdek, SANY, XCMG, ZOOMLION, SHANTUI, SINOMACH-HI, DONGFENG kabi mashhur brendlarning rasmiy agenti hisoblanadi.

Uchrashuv davomida tomonlar Xitoy davlatidan O'zbekistonga multimodal yo'nalishda konteyner tashuvlarini amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Xususan “VOSTOSUN GROUP UC” kompaniyasi Xitoydan dengiz orqali Eronning Bander-Abbas portiga, u yerdan esa temir yo'l transportida "Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston" xalqaro koridori orqali O'zbekistonga “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan olib kelinishi belgilandi.

Shu bilan birga uchrashuvda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Ulug'bek logistika markazida mijozlarga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ombor xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha erishilgan natijalar sarhisob qilindi.

〰️〰️〰️

АО «УЗТЕМИРЙУЛКОНТЕЙНЕР» РАЗВИВАЕТ МУЛЬТИМОДАЛЬНЫЕ ПЕРЕВОЗКИ ИЗ КИТАЯ В УЗБЕКИСТАН ЧЕРЕЗ МОРСКОЙ ПУТЬ

20 мая текущего года состоялась встреча между председателем правления АО «Узтемирйулконтейнер» М.К. Мирхамидовым и генеральным директором китайской компании «VOSTOSUN GROUP UC» Гао Вэй Хуа.

Компания «VOSTOSUN GROUP UC» предоставляет централизованные услуги по обеспечению строительных, дорожных и промышленных проектов. Она активно сотрудничает с ведущими производителями Китая, научно-исследовательскими центрами и международными финансовыми организациями. Кроме того, компания является официальным агентом таких известных брендов, как SANY, XCMG, ZOOMLION, SHANTUI, SINOMACH-HI, DONGFENG.

В ходе встречи стороны достигли договорённости об организации контейнерных перевозок из Китая в Узбекистан по мультимодальному маршруту. В частности, предусмотрено, что компания «VOSTOSUN GROUP UC» будет осуществлять перевозку грузов из Китая морским путём в иранский порт Бендер-Аббас, откуда контейнеры будут доставляться в Узбекистан по железной дороге через международный коридор «Иран – Туркменистан – Узбекистан» при участии АО «Узтемирйулконтейнер».

Также в ходе встречи были подведены итоги достигнутых результатов по предоставлению складских услуг с использованием современных технологий для клиентов на логистическом центре «Улугбек» АО «Узтемирйулконтейнер».

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
  • 👍 11
  • 👏 1
More from @uzrailways_uz
  1. Oct 9, 2026POYEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MUHIM VAZIFA 9-oktabr kuni “Toshkent MTU” Filia…
  2. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisid…
  3. Oct 9, 2026CASCA+ XALQARO YO‘NALISHINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Joriy…
  4. Oct 8, 2026Post #17409
  5. Oct 8, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkiz…
  6. Oct 8, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkiz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →