TGViewer
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ @uzrailpassuz · 17.4K subscribers
Post #4668 7.66K
Temir yo‘l sohasida xalqaro tajriba almashinuvi

✅ Rossiya Federatsiyasi temir yo‘llarining yo‘lovchi tashish sohasi rahbarlari uchun tajriba almashish dasturi doirasida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi a’zolari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar yo‘lovchi tashish xizmatlarini yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda sohada ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish masalalarini muhokama qildilar.

➡️Shuningdek, delegatsiya vakillari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi yo‘lovchi xo‘jaligi obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Muloqot yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashinuvini izchil davom ettirish va yo‘lovchi tashish sohasida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
  • ❤ 11
  • 👍 3
More from @uzrailpassuz
  1. Sep 26, 2026Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga samimiy tabrik! 🧭 Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi…
  2. Sep 25, 2026♟ “SHAXMAT KUBOGI–2026” MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ha…
  3. Sep 23, 2026🚆 Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va poyezdlar harakatini yanada maqbullashti…
  4. Sep 22, 2026⭕️⭕️⭕️ Toshkent-Shimoliy vokzalida yangi xizmat — CIP zali ishga tushirildi ✅ Yo‘lovchilar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →