TGViewer
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ @uzrailpassuz · 17.4K subscribers
Post #4687 7.84K
⭕️⭕️⭕️
Toshkent-Shimoliy vokzalida yangi xizmat — CIP zali ishga tushirildi

✅ Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va safar oldidan qulay sharoit yaratish maqsadida Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

➡️2026-yil 21-sentabrdan ish boshlagan mazkur zal yo‘lovchilarga poyezdni kutish vaqtini qulay, shinam va osoyishta muhitda o‘tkazish imkonini beradi.

CIP zal xizmatlari pullik asosda ko‘rsatiladi. Xizmatlar narxlari zalning o‘zida belgilangan tartibda ko‘rsatilgan.

CIP zalda yo‘lovchilar uchun:

• toza va ozoda kutish joylari;
• yumshoq va qulay o‘rindiqlar;
• bepul internet;
• televizor;
• poyezdlar harakati va vokzal xizmatlari haqida ma’lumot;
• yilning issiq va sovuq mavsumlarida mo‘tadil haroratni ta’minlovchi qulay iqlim sharoiti;
• ichimliklar va yengil tamaddi mahsulotlari;
• safar oldidan hordiq chiqarish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

CIP zal — safar oldidan qulaylik, osoyishtalik va sifatli xizmat uchun yangi imkoniyat.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
  • 👍 16
  • ❤ 4
  • 🎉 2
  • 👌 1
  • 😍 1
More from @uzrailpassuz
  1. Sep 23, 2026🚆 Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va poyezdlar harakatini yanada maqbullashti…
  2. Sep 16, 2026HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA KUZGI KO'RIK BOSHLANDI 👍👍👍👍👍 "Toshkent MTU" Filialida poye…
  3. Sep 16, 2026Temir yo‘l sohasida xalqaro tajriba almashinuvi ✅ Rossiya Federatsiyasi temir yo‘llarining…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →