TGViewer
O‘zJOKU | Rasmiy O‘zJOKU | Rasmiy @uzjmcu · 7.06K subscribers
Post #15052 913
O‘zJOKUda “Insholar tanlovi” o‘tkaziladi

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ona tilim — g‘ururim” insholar tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish, talabalarning ijodiy salohiyati va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng namoyon etishdan iborat.

Sana: 16-oktabr
Vaqt: 11:00
Manzil: O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Tanlovda O‘zJOKUning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Aziz talabalar, ona tilimizga bo‘lgan mehringiz, ijodiy mahoratingiz va qalbingizdagi ifodalarni qalamga muhrlash uchun ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Batafsil ma’lumot uchun: @Sugdiyona_Tillamurodovna
———————————————

😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
  • ❤ 6
  • 🔥 4
More from @uzjmcu
  1. Oct 14, 2026"Ma'rifat ulashib" loyihasi davom etmoqda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsi…
  2. Oct 14, 2026O‘zJOKU talabalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommuni…
  3. Oct 14, 2026Biz uchun har bir talaba muhim! ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
  4. Oct 14, 2026✨✨✨✨✨ JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ! O'zbekiston jurnalistika…
  5. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  6. Oct 14, 2026Bugun talabalarimiz bilan... ——————————————— Sherzodxon Qudratxo'janing ijtimoiy tarmoqlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →