TGViewer
Channel Public Channel
O‘zJOKU | Rasmiy

O‘zJOKU | Rasmiy

@uzjmcu

Universitet — bu insonlar va bilimlar uchrashadigan joy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rasmiy sahifasi. O‘z rasmlaringizni #meninguniversitetim heshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarda ulashing.

https://uzjoku.uz/uz
Subscribers
7.09K
Photos
12.4K
Videos
1.7K
Links
3.3K
Recent Posts 7 shown
Post #14976 873

Forwarded from Edu.uz

✨ O‘zbek tili va adabiyoti ustozlarini “E Voh” olimpiadasiga chorlaymiz!

🎉 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami hamda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “E Voh” respublika o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasiga start berildi!

✅ Tashkilotchilar:
• UzReport axborot agentligi
• Xalqaro Nordik universiteti

🔗 Hamkorlar:
• O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi
• Fan olimpiadalari markazi
• Bolalar Ombudsmani

🇺🇿 Respublikadagi umumtaʼlim maktab (davlat va xususiy), litsey, texnikumlarning o‘zbek tili va adabiyoti fani muallimlari.

✅ 2 bosqich:

✓  1-bosqich — onlayn: telegram bot orqali test
✓ 2-bosqich — offlayn: insho va test — ijodiy bellashuv!

⏳ Ro‘yxatdan o‘tish: 14-oktyabr, 24:00 gacha.

😎 @tasimo_login_bot
🌐 https://account.tasimo.uz/login

🕚 1-bosqich: 15-oktyabr, 19:00.

Mukofotlar: g‘oliblarni pul mukofoti va xorijiy stajirovka dasturlariga yo‘llanma kutmoqda.

🔥 Aziz ustozlar! Bellashing va o‘zingizni namoyon eting!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 3
  • 👍 3
Post #14975 1.26K

Forwarded from Edu.uz

Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishini ta’minlash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini ishonch va umumiy taraqqiyot makoniga aylantirish bo‘yicha muhim tashabbuslari bilan ahamiyatli bo‘ldi. MDHning navbatdagi sammiti O‘zbekistonda o‘tadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 3
Post #14969 1.72K
Talabalar bilan “Jadidlar” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Jadidlar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Erkin suhbat davomida jadidlarimizning hayoti, ijodiy faoliyati, shuningdek, bugungi kunda jadidlar merosiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish va uni keng targ‘ib etishga qaratilgan islohotlar haqida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida eng faol talabalar kitoblar bilan taqdirlandilar!

———————————————

😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
  • ❤ 7
  • 👍 6
  • ❤‍🔥 3
Post #14968 1.64K

Forwarded from Sherzodxon Qudratxo‘ja

Bugun O'zJOKUda kunning 2-qismida talabalar uchun ochiq muloqot tashkil etdik

Talabalarimiz, ayniqsa, Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti yoshlari bilan dildan gaplashdik, savol-javob qildik, keyin o'yin-kulgu, kuy-qo'shiqlar bilan talabalar vaqtichoqlik qilishdi. Uchrashuvimiz oxirida maxsus palovxonto'ramiz ham tayyor bo'ldi, uni barchaga ulashib, baham ko'rdik.

———————————————

Sherzodxon Qudratxo'janing
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo'ling:

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Twitter
  • ❤ 15
  • ❤‍🔥 3
Post #14967 1.51K

Forwarded from Edu.uz

#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 11
  • ⚡ 4
  • 🎉 3
Post #14956 1.55K
O’zJOKUda VOLEYBOL MUSOBAQASI BO'LIB O'TDI

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetlari o’rtasida “Besh muhim tashabbus” doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.

🥇 1-o‘rin — “Politik” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Alyans” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “K-Star” jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalarni natija bilan tabriklaymiz!

Bunday sport musobaqalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va faol hayot tarzini rivojlantirishga xizmat qiladi.


———————————————

😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
  • ❤ 7
  • ❤‍🔥 3
  • ⚡ 2
  • 🏆 1
Older posts →

About this channel

How can I read @uzjmcu without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O‘zJOKU | Rasmiy: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O‘zJOKU | Rasmiy have?
O‘zJOKU | Rasmiy (@uzjmcu) has 7.09K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O‘zJOKU | Rasmiy know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →