✨✨✨✨✨
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ!
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar uchun jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan turli huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, firibgarlik, internet va kiberxavfsizlik, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, zo‘ravonlik, jamoat tartibini buzish kabi holatlarning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalarga turli noqonuniy holatlarga duch kelganda to‘g‘ri yo‘l tutish, shubhali vaziyatlardan o‘zini asrash hamda zarur hollarda tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
Post #15048
999



- ❤ 2