O‘zJOKUda UCSI University ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Malayziyaning UCSI University ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Malayziyaning UCSI University delegatsiyasi vakillari — Global hamkorlik bo‘limi direktori Roland Chan Chih Chien, Biznes va menejment fakulteti o‘qituvchisi va tadqiqotchisi Dr. Hayyum Suleikha Binti Selamat, Ijtimoiy fanlar va liberal san’at fakulteti dekani Professor Dr. Rogayah Bt A Razak hamda Transmilliy ta’lim bo‘limi direktori Dr. Liza Binti Abdul Latiff ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida yangi ta’lim dasturlarini tashkil etishning tashkiliy va akademik jihatlari muhokama qilindi. Xususan, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish, o‘zaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki diplomli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari universitet infratuzilmasi, mavjud ta’lim imkoniyatlari va yangi fakultet faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Mazkur uchrashuv UCSI University ta’lim dasturlarini O‘zJOKUda yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
———————————————
😄 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
Post #15018
2.13K










- ❤🔥 11
- ❤ 6