TGViewer
Channel Public Channel
Uzinfocom Open Source

Uzinfocom Open Source

@uzinfocom_oss

Channel that shares technical developer side information & news ongoing at Uzinfocom’s Open Source Team! | https://oss.uzinfocom.uz
Subscribers
336
Photos
40
Videos
1
Links
38
Recent Posts 20 shown
Post #71 259

Forwarded from Xinux (bahrom04)

Xinux 26.05 Nashri

Bugun butun Xinux jamoasi fahr ila yangi Xinux versiyasini nashr qilganimizni eʼlon qilamiz. 26.05 Mahalla nomli relizimiz, 2026-yil Mahalla yili nomiga bagʻishlangan hisoblanib, unda juda koʻplab yangilik va oʻzgarishlar oʻz ichiga oladi. Jumladan:

- Dasturiy taʼminotimiz koʻrinishini qayta kashf qildik.
- Operatsion tizimimizning oʻrnatuvchi dasturi yanada takomillashdi.
- Biz yozgan va taqdim etadigan E-IMZO Menejer oxirgi nashr qilingan kalitlar bilan hech qanday xatoliklarsiz ishlashda davom etadi. Hamda, dastur yanada stabillashtirildi.
- Relago nomli, xatoliklar aniqlovchi vositamizni kashf qildik. Ushbu dasturimiz texnik ishqibozlarimiz uchun “Haskell” dasturlash tilida birinchi bor yozilganligi oʻzbek dasturchi hamjamiyatlarimizda yangilik, ham tilning mahalliy potensialiga isbot boʻldi. Ushbu harakatda oʻzlarini hissalarini qoʻshgan “Haskell Oʻzbekiston” hamjamiyatidagi ishqibozlarga katta tashakkurlar bildiramiz, sizlarsiz biz buni yolgʻiz uddalay olmas edik!
- Texnik va chuqur bilimli mutaxassislarimiz uchun yangi, oson va qulay modullar taqdim etdik. Tizimdagi har xil qismlarini oʻz xohishlariga binoan module-manager dasturi orqali sozlab olishlari mumkin.
- Mahalla reliz nomiga xos tizim orqa fonlari qoʻshildi.

Bu hali tamom emas albatta! 26.05 ustida ishlar davom etadi va bu bilan birgalikda bir necha olib borilayotgan yangiliklar davomiy taqdim etiladi. Jumladan, Xinux OTga bagʻishlangan sozlamar dasturi va hokazo.

Yanada baʼtafsil maʼlumotlar uchun, bizning vebsaytimizga tashrif buyuring: https://xinux.uz/releases/26.05

Oxirgi relizni yuklab olish: https://xinux.uz/download

Endichi? Keyinchi?

NixOS nashr metodologiyalaridan ilhomlangan holda, yangi reliz ustida ishlarni boshladik va loyiha ustalari bilan kelishilgan holda “Susambil” deya nom berdik. Kelasi 26.11 “Susambil” relizimiz juda katta yangiliklarni nashr etadi va rostdan ham Susambil boʻladi. Aytaylik, hozirda 25.11 dan 26.05 ga qayta oʻchirib tashlab, oʻtish kerak boʻlayotgan boʻlsa, kelasi 26.05 dan 26.11 ga silliq oʻtib ketish imkoniyati paydo boʻladi. Hamda, fayllarni fleshkada oʻzingiz bilan olib yurmaslik imkoniyati paydo boʻladi. Dasturchilar uchun ham Xinuxʼga ilova-yu qoʻshimchalar qoʻshish imkoniyati yaraladi. Ushbu qulayliklardan foydalanadigan kun kelishini intiqib kutib qolamiz va astoydil harakat qilamiz.

Bizga ishonch bildirgan va qoʻllab-quvvatlagan har bir ishqiboz va foydalanuvchilarimizga tashakkur bildiramiz.


Hurmat ila, “Uzinfocom Open Source” departamenti.
xinux.uz Xinux 26.05 "Mahalla" – Xinux Xinux 26.05 reliz eslatmalari
  • 🔥 8
  • 👍 3
Post #70 329

Forwarded from Xinux (Habibulloh)

Forgejo orqali loyihalarimizga hissa qo‘shing!

Open Source loyihalarimiz uchun asosiy Git platforma sifatida GitHub’dan o‘zimizning Forgejo platformasiga ko‘chdik. Endilikda barcha yangi hissa qoʻshish va hamkorlik ishlari Forgejo orqali amalga oshiriladi.

Forgejodan foydalanishni boshlash uchun:

1) https://git.oss.uzinfocom.uz saytiga kiring.
2) “Kirish” tugmasini bosing.
3) “Uzinfocom Open Source orqali kirish (Keycloak)”ni tanlang.
4) Ochilgan sahifada “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.
5) Akkaunt yarating.
6) Ro‘yxatdan o‘tgach, Forgejoga Keycloak orqali qayta kiring.

Shundan so‘ng siz issue yaratishingiz, pull request yuborishingiz va loyihalar rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.

Shuningdek, git.floss.uz platformasi o‘z faoliyatini yakunlayotganini ma’lum qilamiz. Shu sababli, yaqin vaqt ichida Codeberg platformasiga ko‘chirilishi rejalashtirilgan.
  • 🔥 6
  • ❤ 2
Post #68 896

Forwarded from Xinux

Yaqin kunlarda Xinuxʼda boʻlayotgan oʻzgarishlar:

- GNOME oʻzbek tili tarjimalari boʻyicha yuborilgan kamchiliklar toʻgʻirlandi va yangi qoʻshilayotgan dasturlarni ham tarjima qilish jarayoni ketyapti. Tarjima qilingan oʻzbek tili ulushi 73 % dan 76 % ga oʻsdi.
- Kutubxonalarda paydo boʻlgan zaifliklarni (CVE) bartaraf etish uchun Xeonitte, software-center, e-imzo-manager ishlatgan kutubxonalar versiyasi eng oxirgi versiyasiga koʻtarildi.

Yangi dastur ishlab chiqilmoqda:

Relago — lambdajon va let-rec
tomonidan ishlab chiqarilayotgan tizimda paydo boʻlgan error xabarlarni payqab, batafsil error log haqida foydalanuvchiga UI dasturi orqali umumlashtirilgan jurnal qilib koʻrsatadi.
GitHub Xinux - Linux Hamjamiyati 🇺🇿 | O‘zbekistondagi Linux ekotizimini rivojlantiruvchi jamiyatlardan biri. - Xinux - Linux Hamjamiyati
  • 👍 2
  • 🫡 1
Post #66 2.78K
Xinux 25.11 stabil versiyasi tayyor! 🎉

Xinux operatsion tizimi — kundalik hayotda kerak bo‘ladigan dasturlar bilan birga keladi. Ushbu versiyada quyidagi dasturlar va yangilanishlar mavjud:

1. LibreOffice — pullik Microsoft 365 dasturlariga bepul va ochiq kodli muqobil bo‘lib, hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi.
2. Software Center — NixOS paketlarini qulay grafik interfeys orqali o‘rnatishga yordam beruvchi menejer.
3. GNOME 49 — ish stoli muhiti yangilandi va unga o‘zbek tili qo‘shildi.
4. O‘zbekcha klaviatura tartibi — ʻ (okina), ʼ (tutuq belgisi), qo‘shtirnoq, tire va boshqa kerakli belgilar tizim klaviaturasiga qo‘shildi.
5. E-IMZO Manager — E-IMZO raqamli imzo servisi uchun shaxsiy kalitlarni boshqarishga mo‘ljallangan qulay dastur.
6. Sayohat — Xinux bo‘ylab tur va kutib olish xizmatlari uchun mo‘ljallangan dastur.
7. @mountops kanali tomonidan taqdim etilgan yangi orqa fonlar qo‘shildi.

Rasmiy xinux.uz/download sahifasidan stabil yoki so‘nggi nostabil versiyani yuklab olishingiz mumkin.
USB fleshka orqali o‘rnatish uchun Rufus, balenaEtcher, virtual mashinaga o‘rnatish uchun esa GNOME Boxes (Linux) yoki VMware Player (Windows) dasturlaridan foydalanishingiz mumkin.

Minimal tizim talablari:
(64-bit) protsessor [x86_64]
Kamida 8 GB operativ xotira (16 GB yoki undan ko‘p tavsiya etiladi)
Diskda kamida 128 GB bo‘sh joy
O‘rnatish jarayoni uchun internetga ulanish talab etiladi.
  • ❤ 15
  • 🔥 8
  • 👍 1
Post #65 926
Hozirda dunyo bo'ylab uzilishlar yoki servislardan butunlay foydalanib bo'lmaslik holatlari kuzatilmoqda.

Shu jumladan, bizning mehnatlarimiz joylashgan va ish olib boriladigan dasturchilar platformasi hisoblanmish, GitHub ham ushbu uzilishlarga yo'lqigan.

Ammo, shunaqangi holatlarga qarshi bizning butun FLOSS bo'ylab olib boriladigan harakat va kodlarimiz nusxasi FLOSS ning git portaliga ham uzatiladi va GitHub va qolgan dasturchi portallari tiklangunga qadar, ushbu rezerv portallarimizdan foydalanib tursangiz bo'ladi!

Havola:
https://git.floss.uz/uzinfocom
  • 🔥 4
  • ❤ 2
Post #64 1.42K
Ma'lumki, barcha FLOSS ekotizimidagi xizmatlarimiz Kolymadagi serverlarda joylashgan bo‘lib, ularning manbalari GitHub’da ochiq holda mavjud. Matrix, Mastodon, Email va boshqa servislar uzoq vaqtdan beri 24/7 rejimda barqaror ishlashni davom ettirmoqda.

Ertadan boshlab yangi serverlarga ko‘chirish jarayoni boshlanadi va bu bir kun davom etadi. Shu sababli, yuqorida tilga olingan xizmatlarga vaqtincha kirish imkoni bo‘lmaydi.

Jarayon tugagach, barcha xizmatlar qayta ishga tushiriladi va foydalanuvchilar o'z hisoblarida hech qanday o‘zgarishni sezmaydi — hammasi odatdagidek ishlashda davom etadi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingiz uchun rahmat!
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #63 1.15K
E-IMZO servisining nixpkgs’dagi muammolari bartaraf etildi!

yt.uz tomonidan ishlab chiqilgan va orqa fonda ishlovchi E-IMZO servisi har doim quyidagi havola orqali yuklab olinadi:
https://dls.yt.uz/E-IMZO-v4.71.tar.gz

Ammo muammo shundaki, yangi versiya chiqqach (masalan, v4.73), eski v4.71 havolasi yo‘qoladi — bu esa GitHub CI/CD tizimlarining ishdan chiqishiga va ayniqsa, har 6 oyda chiqadigan NixOS’ning nixpkgs kolleksiyasida muammolarga sabab bo‘ladi. Chunki kerakli fayl topilmaydi va paket qurilishi to‘xtaydi.

Bu muammoni hal qilish uchun Xinux jamoasi nomidan barcha E-IMZO relizlarini shaxsiy CDN serverimizda doimiy ochiq tarzda joylashtirishni boshladik.

Endi foydalanuvchilar NixOS yoki Xinux’da har safar yangi versiya chiqishini kutmasdan, mavjud relizlar bilan barqaror ishlashda davom etishlari mumkin. Har 6 oyda chiqadigan yangi versiyalar (masalan, 25.11) uchun ham nixpkgs dagi paketlar Xinux jamoasi tomonidan o‘z vaqtida yangilanib boriladi.

Shuningdek, yangilanishlar paytida yuzaga kelgan texnik xatoliklar ham to‘liq bartaraf etildi.

E-IMZO servisini .jar formatida yuklab olish (v4.73):
https://cdn.xinux.uz/e-imzo/

nixpkgs orqali yuklab olish (v4.73): https://search.nixos.org/packages?channel=25.05&show=e-imzo&query=e-imzo
  • 🔥 5
  • 👍 3
Post #62 1.66K
E-IMZO Manager — bu E-IMZO raqamli imzo servisidagi shaxsiy kalitlaringizni boshqaruvchi qulay dastur.

E-IMZO Manager orqali siz:
• .pfx kengaytmadagi kalitlarni qo‘shish va o‘chirish,
• Imzo amal qilish muddatini ko‘rish,
• Fonda ishlaydigan E-IMZO servisini kerakli vaqtda yoqib/o‘chirish,
• Raqamli imzo orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘lgan barcha veb-saytlar ro‘yxatini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Dastur ochiq manbali bo‘lib, GitHub sahifasida joylashgan va Uzinfocom OSS dasturchilari ishlab chiqqan.

Xinux operatsion tizimi o‘rnatilganda E-IMZO Manager avtomatik tarzda standart dastur bo‘lib keladi.

Agar siz NixOS foydalanuvchisi bo‘lsangiz, konfiguratsiyangizga quyidagilarni qo‘shishingiz kifoya:


environment.systemPackages = with pkgs; [
e-imzo-manager
];


services.e-imzo.enable = true;

Foydali va ochiq dastur — raqamli imzoni boshqarish endi yanada oson!
#EIMZO #Xinux #OpenSource #NixOS
  • 🔥 12
  • ❤ 4
  • 👍 1
Post #61 1.59K
Uzinfocom Open Source departamenti ochiq manba loyihalarni rivojlantirib, o‘zbek dasturchilar jamiyatiga hissa qo‘shib kelmoqda.

Endilikda biz Floss O‘zbekiston hamjamiyatiga qo‘shildik — bu orqali standartlashuv jarayonlarida faol ishtirok etamiz va kuchlarni birlashtiramiz.

Ichki siyosat va tuzilma GitHub sahifamizda ochiqladik: .github-private → .github repozitoriyga CI orqali yangilanadi.

Maqsad: ochiq texnologiyalarni rivojlantirish va jamiyat bilan shaffof hamkorlik.

Ba'tafsil bizning maqolamizda o'qishingiz mumkin:
https://oss.uzinfocom.uz/blog/biz-va-dasturchilar-jamiyati
  • 🔥 8
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #59 1.51K
Odatda VS Code, Zed yoki boshqa foydalanuvchilarga yoʻnaltirilgan dasturlar sozlamalari json, toml, yoki yaml formatlarida boʻladi. Agar biz bu sozlamalarni Nix tilida deklarativ tarzda yozmoqchi boʻlsak, u holda ushbu formatdagi maʼlumotlarni Nix sintaksisiga moslab yozishimizga toʻgʻri keladi.

Masalan, VS Code sozlamalarini NixOS orqali deklarativ ko‘rinishda yozmoqchi bo‘lsak, kerakli parametrlar va kengaytmalarni nixos-options va home-manager saytidan topamiz va quyidagidek yozamiz:


programs.vscode = {
enable = true;
profiles.default = {
extensions = with pkgs.vscode-extensions; [
dracula-theme.theme-dracula
yzhang.markdown-all-in-one
];
userSettings = {
"files.autoSave" = "afterDelay";
"[nix]"."editor.tabSize" = 2;
};
};
};

Ammo bu sozlamalar sizda allaqachon settings.json faylida mavjud bo‘lsa, ularni Nix formatiga qo‘lda o‘girish biroz vaqt talab qilishi mumkin. Masalan:


"files.autoSave": "afterDelay"

bu ko‘rinishni Nix formatiga quyidagicha o‘zgartirish kerak bo‘ladi:


"files.autoSave" = "afterDelay";

Yaʼni : belgisi o‘rniga = qo‘yiladi va qator oxiriga ; belgisi qo‘shiladi. Bu oddiydek tuyulsa-da, agar sozlamalar juda ko‘p bo‘lsa, qo‘lda o‘girish ancha vaqt oladi.

Shu kabi holatlar uchun biz maxsus asbob ishlab chiqdik va sizlar uni xinux.uz/utils orqali ishlatishingiz mumkin. Ayniqsa, settings.json faylini Nix formatiga avtomatik aylantirib beruvchi qulay konvertor bu jarayonni ancha tezlashtiradi.
  • 🔥 12
  • 😁 4
  • ❤ 1
  • 💔 1
  • 🆒 1
Post #57 1.33K
Bizning tanlovimiz!

Va'da qilganimizday, bizning jamoamiz qilgan tanlovlar haqida ba'tafsil va texnik tushuntirilgan maqola o'z shaxsiy sahifamizda chop etdik. Yaqin orada yanada ko'proq maqolalar chop etish niyatida hozirda ko'plab mavzular borasida yozib bormoqdamiz. Ko'proq material va maqolalar uchun bizni kuzatib boring!

https://oss.uzinfocom.uz/blog/bizning-tanlovimiz
  • 🔥 6
  • 👍 2
  • ⚡ 1
Post #56 1.26K
Tez kunda!

Yaqin orada bizning tanlovlarimiz borasida bir insayt maqola chiqaramiz, sizni aynan nima qism yoki aspektlari qiziqtiradi? Kommentda yozib qoldiring va albatta biz sharoit darajasidan javob berishga harakat qilamiz!
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #55
Channel photo updated
Post #54
Uzinfocom Open Source pinned «Vaqt o’tar, suvlar oqar… Ha do’stlar, mana qariyb oxirgi marta sizlar bilan biron ma’lumot bo’lishganimizga anchagina vaqtlar o’tibdi, naxt 1 yil-u, 4 oylar chamasi. Shu vaqt davomida juda-juda ko’p narsalar o’zgarib ketdi, safimizga kimlardir qo’shildi,…»
Post #53 3.32K
Vaqt o’tar, suvlar oqar…

Ha do’stlar, mana qariyb oxirgi marta sizlar bilan biron ma’lumot bo’lishganimizga anchagina vaqtlar o’tibdi, naxt 1 yil-u, 4 oylar chamasi. Shu vaqt davomida juda-juda ko’p narsalar o’zgarib ketdi, safimizga kimlardir qo’shildi, kimlarnidir yo’qotdik. Loyihalarimiz ko’paydi, ba’zilarini esa tinchgina bildirmay yopib ko’mvordik. Ushbu kanal bir necha guruhlar qo’lidan qo’liga o’tiblar keldi, bir necha odamlar qo’lidan qo’liga uzatildi. Ushbu maqolamiz yozishimizdan asosiy maqsad, bu bizning 3 yillik kurashlarimiz tamom bo’lgani, va bundan narog’iga o'zimiz xohlaganimizday, intilganimizday, rasmiy tarzda Uzinfocom kompaniyasi nomidan Open Source departamenti sifatida faoliyat yuritish boshlaganimiz e’lon qilishdir. Hozirda, jamoa yaqin orada yig’ilgani va boshlang’ich bosqichda bo’lganligimiz sabab, juda ko’plab o’zgarishlar kiritilmoqda, va hamda, shu jumladan tiklanishlar ham olib borilmoqda, ham ruxan, ham jismonan. Tez kunda sizlar bilan o’z izlanish va bilimlarimiz, qilgan barcha dasturchilar uchun foydali va qiziq loyihalarimiz bilan ulashish damlarimizni intiqib kutmoqdamiz va har kuni shu maqsad sari qadam qo’ymoqdamiz.

Biz endi boshlamoqdamiz do’stlar, hammasi oldinda, faqat bizlarga ishonch ila qo’llab quvvatlasangiz bo’lgani!
  • 👏 16
  • 🔥 11
  • 🍾 5
  • ❤ 2
  • 👍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @uzinfocom_oss without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Uzinfocom Open Source: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Uzinfocom Open Source have?
Uzinfocom Open Source (@uzinfocom_oss) has 336 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Uzinfocom Open Source know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →